IT Park'da Digital Leadership Forum doirasida “ENRICH” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

79-iyul kunlari Toshkentda ilk bor raqamli yetakchilik sohasidagi eng muhim voqealardan biri bolgan xalqaro Digital Leadership Forumi bolib otdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi va IT Park komagida otkazilgan tadbirda BPO hamda autsorsing kompaniyalarining yetakchi ekspertlari va vakillari, shuningdek, investitsiyalar, eksport va autsorsing kompaniyalarini jalb qilish boyicha yetakchi maslahatchilar va mutaxassislar yigildi.

Forum doirasida IT Park bosh direktori bilan maslahatchilar va quyidagi uchta kompaniyaning ofislarini ochish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun uchrashuvlar tashkil etildi: NearSol, Raya CX va Enrich. Shuningdek, NewMark, Unido Digital Media, Ryan Strategic Advisory, Webster Global Site Selector, CX Innovation Institute, TrendzOwl va boshqa tashkilotlarning yetakchi ekspertlari bilan uchrashuvlar otkazildi.

“ENRICH” kompaniyasi vakillari, bosh menejeri Bunyamin Sarach va marketing direktori Oguz Bahadir bilan O‘zbekistonda kompaniya ofisini ochish va IT Park rezidenti statusini olish imkoniyati muhokama qilindi. Uchrashuvda kompaniya uchun potensial xodimlarni topish choralari ham muhokama qilindi.

Kompaniyaning mobil texnologiyalar, oʻyinlar va AR/VR sohasidagi vakili Bunyamin Sarach forum haqidagi oʻz taassurotlari bilan boʻlishdi va kelgusida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga ishonch bildirdi:

“O‘zbekiston texnologiya sohasida yuksak salohiyatga ega, buni, ayniqsa, qulay sharoitlarni yaratib berish orqali kompaniyalarni rag‘batlantiradigan IT Park misolida tushunish mumkin. Soliqlar yoʻqligi va boshqa xab imtiyozlari jarayonni osonlashtiradi va umid qilamizki, koʻplab kompaniyalar ushbu imkoniyatlardan foydalana oladilar.

Biz Oʻzbekistonning investitsiya salohiyatini ijobiy baholaymiz va mamlakat yanada rivojlanishiga ishonamiz. Yoshlar oʻqitilganidan so‘ng ular bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yganimizdan va IT Park tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganimizdan xursandmiz”, — dedi Sarach.

Bunyamin Sarach, shuningdek, kompaniya Vataniga qaytganidan so‘ng o‘z tajribasini turk hamkorlari bilan boʻlishishni hamda Istanbul, Izmir va Anqaradagi texnologik kompaniyalarga O‘zbekistonning imkoniyatlari haqida gapirishni rejalashtirayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: “ENRICH” 2019-yilda Istanbulda tashkil etilgan bo‘lib, 200 dan ortiq turli janrdagi mobil o‘yinlar, shuningdek, foydalanuvchilar uchun 30ga yaqin mobil ilovalarni yaratish va chiqarishga ixtisoslashgan. Hozirda “ENRICH” mobil oʻyinlar va ilovalarni yaratishni, kengaytirilgan reallik (AR), sunʼiy intellekt (AI) va metakoinot (metaverse) asosidagi loyihalarni ishlab chiqishni davom ettirmoqda hamda ushbu sohalarda autsorsingga muhtoj boʻlgan xususiy va davlat muassasalariga xizmatlarni taqdim etmoqda.

“ENRICH” qurilish, to‘qimachilik va raqamli texnologiyalar bilan shug‘ullanuvchi “CHALIC Group” kompaniyasi tarkibiga kiradi. “CHALIC Group”ning yillik daromadi 3 milliard dollarni, “ENRICH” kompaniyasining daromadi esa 30 million dollarni tashkil etadi.

2023-07-14