IT Parkʼda “NTT Data” yapon-turk IT kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

2021-yilning 16-fevral sanasida IT Parkʼda kiberxavfsizlik, FinTech, konsalting, dasturiy taʼminot ishlab chiqish va koʻplav sohalarga ixtisoslashgan “NTT Data” yapon-turk IT kompaniyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda IT Park direktorining birinchi oʻrinbosari Alisher Xafizov. IT Park Xalqaro faoliyat boʻyicha direktor oʻrinbosari Bohodir Ayyupov, shuningdek “NTT Data” IT kompaniyasi vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida “NTT Data” yapon-turk IT kompaniyasi IT Park texnologik ekspertiza bazasini va umuman Oʻzbekistonni yuqori baholadi. Tomonlar kiberxavfsizlik, tayyor turk soft-yechim va mahsulotlarni oʻzbek bozoridagi B2B va B2G ga tatbiq qilish, shuningdek IT yechimlarni City Security sohasiga tatbiq qilishda oʻzaro hamkorlik qilishni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlariga koʻra, tomonlar turk IT jamoalari (turk supervayzerlari ishtirokida) oʻzbek mutaxassilariga loyihalarda xarajatlarni optimallashtirish hamda ish sifatini oshirish maqsadida “autstaffing”da koʻmak berishlariga kelishib olindi.


 

2021-02-18