18-iyul kuni IT Parkning Toshkent filialida startap asoschilarining venchur kapitalini moliyalashtirish va akseleratsiya bo‘yicha global ekspertlari Silikon vodiysidan Asher Siddiqi va Marvin Liao bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvni O‘zVC Milliy venchur fondi katta maslahatchisi Alisher Shayxov olib bordi. Tadbir davomida startaplar akseleratsiya dasturlari bo‘yicha shaxsiy qarashlarini bildirdi va mutaxassislar bilan birgalikda ularni dasturga kiritish bo‘yicha tegishli mavzularni muhokama qildi. Bundan tashqari, startaperlar dastur shakli bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taklif qilishdi.
Venchur ekspertlari loyihalar ehtiyojlarini o‘rganib chiqdilar, startaplar esa mutaxassislardan tegishli foydali tavsiyalar olishdi.
Mutaxassislar haqida batafsil ma’lumot:
Asher Syddyki — https://www.linkedin.com/in/ashersiddiqui/,
Marvin Liao — https://www.linkedin.com/in/marvinliao/ .
2022-07-19