IT Park’da TEAM University talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi

2021-yil 20-yanvar kuni IT Park’da Team University talabalari uchun ekskursiya bo‘lib o‘tdi. Ekskursiya davomida IT Park xodimlari talabalarga tashkilot faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va shu kabi boshqa narsalar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Talabalar IT Park faoliyatiga maksimal darajada qiziqish ko‘rsatdi hamda ekskursiya so‘ngida xodimlar bilan suhbat qurish va ularga tashkilot, umuman IT sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berishga muvaffaq bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning o‘rtalarida IT Park TEAM University bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi. Ushbu hamkorlik universitet talabalari uchun bir qator imkoniyatlarni ochib beradi, asosan:

- IT Park’da amaliyot o‘tash;

-  IT Park rezidentlarining kompaniyalarida amaliyot o‘tash (ayni damda IT Park’ning nafaqat mahalliy, balki chet el kompaniyalaridan tashkil topgan 403 nafar rezidenti mavjud);

- konferensiya, ko‘rgazma va seminarlarni tashkil etish va ularda ishtirok etish;

- dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqishda, shuningdek, axborot texnologiyalari sohasida xizmatlarning har xil turlari va shakllarini rivojlantirishda yordamlashish.


 

2021-01-21