IT Park Direktori Farhod Ibragimov rezident – ​​DATA o‘quv markaziga tashrif buyurdi

2022-yilning 10-fevral kuni tashkilot direktori Farhod Ibragimov boshchiligidagi IT Park delegatsiyasi Xorazm viloyatida ish tashrifi bilan tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya IT Park rezidenti, Urganch yoshlarni quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qiydigan DATA innovatsion o‘quv markazi faoliyati bilan tanishdi: veb-dasturlash, Android-dasturlash, video montaj qilish, grafik dizayn, arxitektura va dizayn, robototexnika va mobil oʻyinlarni yaratish.



Uchrashuvda o‘quv markazining rahbari Shahzod Sobirov mehmonlarni ta’lim muhiti, muvaffaqiyatli bitiruvchilar bilan yaqindan tanishtirdi.  Qolaversa, Shahzod mehmonlarga jamoa erishgan natijalar va 2022-yilga mo‘ljallangan ishlar haqida gapirib berdi.

IT Park direktori Farhod Ibragimov o‘quv markazi faoliyati uchun IT Parkʼning Xorazm viloyatidagi yangi filialida joy ajratish, hamda, viloyat tumanlarida IT-Markazlar bilan birgalikda o‘quv kurslarini tashkil etishni taklif qildi.




 

Natijada DATA o‘quv markazi jamoasi, o‘z navbatida, IT-ta’limni rivojlantirishda IT Park bilan istiqbolli hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Bundan tashqari, Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida IT Park direktori Xiva shahrida joylashgan IT-Markazda bo‘lib, u yerda xodimlar bilan uchrashib, markaz faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.

Buning uchun delegatsiya Xorazm viloyati Aloqa tarixi Muzeyi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, unda tomonlar ekspozitsiyalarni modernizatsiya qilish va IT Park faoliyatini tavsiflovchi installatsiya qo‘shish masalalarini muhokama qildi.

2022-02-11