2021-yil 11-yanvar kuni IT Park direktori Farhod Ibragimov va Marwin Brands hamda boshqa yirik kompaniyalarning top-menedjeri Alisher Isaev bilan MFaktor tomonidan tashkil etilgan “Top Manager” dasturida ishtirok etadi.
Shu kuni spikerlar quyidagi mavzularni ochib beradi:
1. Startap - bu shunchaki biznes emas
- Siz startap aslida nima ekanligi haqida tushunchaga ega bo‘lasiz, startapning real misol va keyslarini eshitasiz va boshqa ko‘p narsalar haqida bilib olasiz.
2. Nima sababli O‘zbekistonda “yakkashoxlar” yo‘q?
- Mazkur blokda siz kuchli startaplarni yaratish uchun nimalarning yetishmasligini bilib olasiz. Shuningdek, ular sizga xalqaro tajriba lar to‘g‘risida ma’lumat berishadi va O‘zbekistonda birinchi “yakkashoxlar” qachon paydo bo‘lishi haqida sirni ochadi.
3. IT Park startapchilarning eng yaxshi do‘sti
- Ular sizga IT Park startaplarga qanday yordam berishi, tashkilot nima bilan shug‘ullanishi va uning vazifasi nimadan iboratligi, shuningdek, shu kungacha qanday natijalarga erishganligimizni aytib berishadi.
4. Qayerdan va qanday qilib investorlarni topish mumkin
- Qanday qilib va qaerdan sarmoya jalb qilishingiz mumkinligini bilib olasiz.
Shuningdek, jonli efir davomida siz o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz hamda ularga maksimal darajada aniq javoblarni olishingiz mumkin bo‘ladi.
Sana: 2021-yil 11-yanvar
Vaqt: soat 20:00
Telegram bot orqali ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling: @mfaktorbot
2021-01-08