IT Park Event&PR menejeri izlamoqda!

IT Park tadbirlar, professional koʻrinishdagi onlayn hamda oflayn “iventlar” tashkil etish boʻyicha peshqadam xodim izlamoqda.

Jamoamiz aʼzosi sifatida koʻrmoqchi boʻlganimiz Event&PR menejeri PR va tadbirlar tashkil etishning barcha jabhalarini tushunish borasida goʻyoki suvdagi baliq, kezi kelsa akuladek boʻlishi lozim.

Boʻlgʻusi Event&PR menejeri yelkasiga qisqa muddat ichida bajarilishiga toʻgʻri keladigan qiziqarli vazifa va yirik ishlar koʻrinishidagi juda katta masʼuliyat yuklanadi.

Bularni oʻqib sizda hadik va ikkilanish paydo boʻlmagan boʻlsa, ehtimol aynan sen biz uchun keraksan!

Bizning professional Event&PR menejeri ega boʻlishi kerak boʻlgan bilim va koʻnikmalar:

1. Rus, oʻzbek, ingliz tillarini bilishi, savodli yozma va ogʻzaki nutqqa ega boʻlishi;

2. Oliy maʼlumot;

3. Ish tajribasi (2 yil);

4. Kompyuter savodxonligi;

5. Sanʼatkorlar, saytlar, pudratchilar va tadbir uyushtiruvchi agentliklar bilan ishlash qobiliyati;

6. Tashkiliy koʻnikmalar.

Potensial Event&PR ustasi uchun talablar:

1. Mijozlar va buyurtmachilar bilan muloqot olib borish;

2. Voqealar konsepsiyasi va skriptini ishlab chiqish (onlayn va oflayn);

3. Byudjet, smeta, rejalar tuzish va ularga qatʼiy rioya qilish;

4. Binolarni, xodimlarni va dizaynlarni tanlash;

5. Tadbir davomida barcha jarayonlarni nazorat qilish;

6. Pudratchilar, sheriklar va yetkazib beruvchilar bilan shartnomalar tuzish (rassomlar, yetakchi, reklama agentliklari va boshqalar), ular ishlarini boshqarish;

7. Tadbir yakunlari boʻyicha hisobot tuzish;

8. Ish yuritish va xarajatlarni toʻlashni nazorat qilish;

9. Mehmonlar va homiylarni jalb qilish (pullik kirish holatlari boʻlganda) hamda takliflarni shakllantirish;

10.Jurnalistlarni taklif qilish va press-relizlar yozish.

Qanday Event&PR bilimdonini jamoamiz uchun izlayapmiz?

• Tashabbuskor va natija koʻrsatadigan faol xodim;

• Oʻz hamkasblarini eshitish va tinglashni biladigan jamoa aʼzosi, shuningdek, ish vaqtida yuzaga kelgan muammolarni samarali hal qiluvchi;

• Mijozlarimiz muammolarini oʻrganish va ularga yordam berish va qoʻllab-quvvatlashga intiluvchan hamkasb.

Shartlar:

- Qulay ofis;

- Besh kunlik ish haftasi;

- Doʻstona, yosh va shijoatli jamoa.

Vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa, pochta orqali bog‘lanishingizni so‘raymiz: hr@it-park.uz

2020-09-29