IT Park’ga Ukraina IT kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya  tashrif buyurdi

2021-yil 26-oktyabr kuni Ukraina IT kompaniyalari vakillaridan iborat boʻlgan delegatsiya O‘zbekiston Respublikasiga safari doirasida   IT Park’ga tashrif buyurdi.

Ukraina MDH mamlakatlari orasida iqtisod sohasida axborot texnologiyalari darajasi yuqori boʻlgan yetakchilardan biri hisoblanib, mamlakatda yirik jahon miqyosidagi IT kompaniyalar, telekommunikatsiya uskunalari  va dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilarning filiallari hamda qoʻshma korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Tashrif davomida,IT Park direktorining xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Bohodir Ayupov IT Park’ning imkoniyatlari va maqsadlari haqida taqdimot oʻtkazdi va tashkilot faoliyati haqida gapirib oʻtdi.

Mehmonlar ham, o‘z navbatida, o‘z kompaniyalari faoliyati toʻgʻrisida gapirib, IT Park xodimlari bilan hamkorlik qilishning mumkin bo‘lgan imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Delegatsiya tarkibi quyidagi IT kompaniyalarni oʻz ichiga oladi:

 - Commercial Director Mixail Yarkin tomonidan taqdim etilgan “Sytecs” kompaniyasi;

 - direktor Artyom Gusev tomonidan taqdim etilgan “Reef” kompaniyasi;

 - Savdo bo‘limi boshlig‘I Aleksey Cherevatov tomonidan taqdim etilgan “Kvant” kompaniyasi;

 - kompaniya hamkorlari, direktorlari boʻlgan Aleksandr Nagorniy va Sergey Juk tomonidan taqdim etilgan “Links Investing” kompaniyasi.

Aytib oʻtish joizki, Pro Travel kompaniyasi yordamida RRC kompaniyasi sayohat tashabbuskori hamda tashkilotchisi  bo‘ldi.  RRC kompaniyasi ma’lumotlarni yig’ish va avtomatik identifikatsiya qilish, ma’lumotlarni uzatish, infratuzilma yechimlari, axborot xavfsizligi va bulutli texnologiyalar sohasida uskunalar yetkazib beruvchi xalqaro profil distribyutoridir.  Kompaniyaning hamkorlar tarmog’I 6000 dan ortiq hamkorlarni o’z ichiga olgandir. Kompaniya qaramogʻiga esa jahon va mahalliy A toifali yetakchi IT brendlari kiradi.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘zaro hamkorlik va aloqalarni davom ettirishdan manfaatdor  ekanligini bildirib oʻtdi.

2021-11-02