IT Park Germaniyadagi O‘zbekiston Respublikasi elchixonasi yordamida Germaniyadagi IT sohasi to‘g‘risida vebinar o‘tkazdi.

Vebinar Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasi yordamida “O‘zbekoston va Germaniya: IT sohasida hamkorlikni rivojlanishning istiqbollari” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

Tadbir spikerlari qatorida IT Park Uzbekistan vakili, xalqaro faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Bohodir Ayupov, shuningdek Germaniyada istiqomat qiluvchi va Lucanet AG, Bringmeister GmbH hamda Code Factory DKB kabi yirik nemis kompaniyalarda faoliyat yurituvchi hamyurtlarimiz, chunonchi Rustam Tashmuhamedov (Lucanet AG), Shomurod Yigitaliyev (Bringmeister GmbH) va Nodirbek Usmanov (Code Factory DKB).

Vebinar ishtirokchilari IT soha haqida foydali va dolzarb, shuningdek chet elda  texnika universitetida o‘qish va amaliyot o‘tash borasida zarur ma’lumotlarni olishdi.

Webinar ishtirokchilari quyidagi savollarga javob olishdi:

- Mazkur kompaniyalarning faoliyati qanday?

- Germaniyada ishlash uchun nemis tilini bilish kerakmi?

- Chet eldan buyurtmalarni qanday olish mumkin?

- Qanday qilib loyiha uchun Germaniya investitsiyalarini jalb qilish mumkin ? 

- Nemis kompaniyalari xodimlari o'rtasida mas’uliyat taqsimoti qanday?

Muhokamada alohida e’tibor rezidentlikka qaratildi. IT Park rezidentlari katta afzalliklarga ega ekanligi bir necha bor ta’kidlangan. Bundan tashqari, Germaniyalik vebinar spikerlari IT akademiyasiga qiziqish bildirishdi.

Shuningdek, venchur investitsiyalari mavzusiga ham to‘xtalib o‘tildi, investitsiya tizimi va asosiy mezonlar batafsil tahlil qilindi.

Bundan tashqari, suhbat davomida Germaniyada eng ko‘p ishlatiladigan dasturlash tillari belgilandi. Ushbu ro‘yxat Python va Java dasturlash tillarini o‘z ichiga oladi. Chet tiliga kelsak, Germaniyada ishlash uchun ingliz tilini bilish majburiy, nemis tili esa ixtiyoriy.

Code Factory DKB vakili Nodirbek Usmonov Yevropadagi loyihalar bo‘yicha batafsil tavsiyalar berdi, shuningdek, dasturiy ta’minotni belgilangan sifat bilan yaratish haqida gapirdi. U dasturchilar uchrashuvlarini muntazam ravishda tashkil etishni maslahat berdi, bu esa mijozlarning e’tiborini jalb qilishga yordam beradi.

Lucanet AG vakili Rustam Toshmuhamedov Germaniyaning ta’sis kapitalini ta’riflab, chet elga chiqqan nemis startaplari haqida batafsil statistika berdi, Lucanet dasturlash tili - Java’ni biladigan dasturchilarga ehtiyoj borligini ta’kidladi.

Bringmeister GmbH vakili Shomurod Yigitaliyev kompaniyaning veb saytini namoyish etdi va logistika haqida gapirdi. Bundan tashqari, ular bilan ishlaydigan tizimlar ham aniqlandi.

Xalqaro faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Bohodir Ayupov IT Park faoliyati haqida batafsil ma’lumot berib, xizmatlar eksporti bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. IT Parkning nemis kompaniyalari bilan hamkorlik qilish shartlari aniqlandi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi tomonidan ikki tomonlama aloqalar va axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Germaniya kompaniyalari bilan yopiq uchrashuv o‘tkazish taklif etildi.

GFR innovatsion rivojlanish vazirining yuqori darajadagi maslahatchisi Karsten Xaynz tomonlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va kelgusida hamkorlik qilish niyatini bildirdi.

Tomonlar Germaniya Federativ Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun bunday uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazmoqchi.

Vebinar havolasi: https://youtu.be/rtirSEzSs2A

2020-10-02