IT Park grafik dizayner izlamoqda!

IT Park — bu kreativ dizaynerlar uchun ajoyib joy, u siz bilan istalgan narsa yoki imkoniyatni baham koʻrishi, u haqida soʻzlab berishi va, albatta, koʻrsatishi mumkin. Biz bilan dizayner hech qachon boʻsh qolmaydi, chunki dizaynerlarga boʻlgan talab juda katta. Lekin afsuski, bizda dizaynerlar safi unchalik katta emas, shuning uchun ham IT Parkda dizayner — oltinga teng!

Talablar:

1.Kompaniyaning korporativ identifikatorini ishlab chiqish, reklama materiallari uchun ijodiy konsepsiya;
2.Internet va tashqi reklama tartiblarini ishlab chiqish;
3.Bosma mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazorat qilish (bukletlar, varaqalar, lifletlar), chop etish uchun maketlar tayyorlash;
4.Taqdimot shablonlarini ishlab chiqish;
5.Tashkilot obyektlari boʻyicha reja tuzib chiqish;
6.Tashkilotning veb sayti, loyihalarida chop etish va joylashtirish uchun rasmlarni qayta ishlash;
7. Mazkur sohada 1 yillik ish tajribasi;
8. Asosiy grafik paketlar (Adobe, Photoshop, Illustrator, InDesign, Corel Draw) haqida yetarli maʼlumotga ega boʻlish;
9. Microsoft Office malakali foydalanuvchisi;
10. Portfolio taqdim etish.

Zarur ish tajribasi: 1 yil

Jadval: toʻliq ish kuni

Shartlar:

Ish kuni: 5 kun (9:00-18:00)
Maosh: 4 000 000 soʻmdan
Hamda kasbiy oʻsish va barcha gʻoyalarini amalga tatbiq etish imkoniyati.

Koʻnikmalar:

1. Loyihani belgilangan muddatlarda taqdim eta olish;
2. Ijodkorlik, stressga chidamlilik, ehtiyotkorlik, ijobiy munosabat, koʻp vazifaga tayyorlik, muloqotga kirishuvchan, mustaqil hamda jamoada ishlash qobiliyati.

Rezyumeni pochta orqali yuboring va IT Parkning ajoyib jamoasiga qoʻshiling!

Rezyume uchun: hr@it-park.uz

2020-11-05