IT Park Hindiston bilan hamkorlikni mustahkamlaydi

2021-yilning 21-23-dekabr kunlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Hindiston Respublikasiga tashrif buyurdi. Ushbu tashrifda IT Park tashkilot vakillari, xalqaro aloqalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Bohodir Ayupov va mintaqaviy rivojlanish boʻyicha direktor oʻrinbosari Abdulahad Kuchqorov  ham ishtirok etdilar.

Tashrif davomida delegatsiya Hindistonning bir qator IT-kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi: “NASSCOM”, “Impact Infotech Pvt Ltd”, “STPI”, “Tech2Globe”, “Integral”, “Skytech Medical & Surgical Devices”, “Clay Telecom”, “Elektronika va kompyuter dasturlari eksportini rivojlantirish kengashi (ESC)”, “INDIASOFT”, “Ardhas Technologies India Ltd”, “Technosys IT Management BPO”, “Reliance IT Companies, ZOHO Corporation”, “Routern.com”, “Binaryflux”, “Minda Industries Ltd”, hamda, quyidagi universitetlar bilan: “Management Development Institute”, “LNCT”, “Lal Bahadur Shastri Institute of Management LBSIM”, “BGS”, “Manipal University”, “Acharya”, “Vinayaka Mission University”, va “Amity”.

“NASSCOM” vitse-prezidenti va Xalqaro savdo departamenti rahbari Shivendra Singh bilan muzokaralar chog‘ida raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha milliy ta’lim platformasi – “FutureSkills Prime India” doirasida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tomonlar IT Park rezidentlari bilan birgalikda Hindistonning IT-oziq-ovqat kompaniyalarini ochish va boshqalarni muhokama qildilar.

Qolaversa, “STPI” kompaniyasi direktori Devesh Tyagi bilan uchrashuv muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Tomonlar hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va tajriba almashish maqsadida “STPI” ga aʼzo kompaniyalar uchun doimiy asosda Oʻzbekiston boʻylab biznes-tur tashkil etish, shuningdek, Hindistonning IT Park va IT Parklari xodimlarining oʻzaro amaliyotlarini tashkil etishga kelishib oldilar.  Shu jumladan, xakatonlarni birgalikda o‘tkazish, hamda, IT-autsorsing sanoatini rivojlantirish maqsadida startaplar uchun inkubatsiya markazlarini rivojlantirish va Hindistondan O‘zbekistonga BPO kompaniyalarini jalb etish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi IT-kompaniyalar bilan uchrashuvlar bilan cheklanib qolmadi.  Delegatsiya Hindistondagi universitetlar bilan ham uchrashdi va bu universitetlardan biri “LNCT” universiteti boʻldi.

Universitet O‘zbekistonda tibbiyot va IT universiteti, hamda, shifoxona ochishga qiziqish bildirgan.

Bundan tashqari, delegatsiya “Amity” universiteti raisi Mr. Atul Chauxan bilan uchrashuv o‘tkazdi, uning davomida tomonlar IT-taʼlim sohasidagi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishdi, hamda, IT sohasiga koʻproq yoshlarni jalb etish boʻyicha tajriba almashishdi.  Qolaversa, Toshkent shahridagi “Amity” universitetida IT Park bilan birgalikda IT-tadbir va xakatonlarni o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.








Yakuniy uchrashuvlardan biri Hindiston Respublikasi Elektron va axborot texnologiyalari vazirligi kotibi Mr. Ajay Prakash Sawhney bilan uchrashuv bo‘ldi.
Uchrashuvda IT-ta’lim, telekommunikatsiya va elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida, ayniqsa, IT sohasini rivojlantirish borasida yaqin hamkorlik aloqalari mavjud.

 

2021-12-29