IT Park HTP rezidentlarini mintaqaviy IT Markazʼlar uchun taʼlim dasturlarini ishlab chiqishga taklif qiladi

2021-yil 1-iyun sanasida IT Park direktori Farhod Ibragimov Minsk shahriga (Belorussiya Respublikasi) tashrifi doirasida Yuqori texnologiyalar parki bosh direktorining oʻrinbosari Kirill Zalesskiy bilan biznes uchrashuvini oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar har ikki taraf tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalar va taʼlim dasturlari, shuningdek innovatsion faoliyat natijalarini amaliyotga tatbiq etish, axborot texnologiyalari rivojlanish yoʻnalishlari va tendensiyalari, dasturiy mahsulotlar va xizmatlar bozorlari toʻgʻrisida maʼlumot almashdilar.

Shuningdek, oʻzbek va belorus tomonlari vakillari Oʻzbekistonning barcha hududlarida tashkil etilgan IT Markazʼlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Kirill Zalesskiy, oʻz navbatida, IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan IT taʼlimi zanjirini shakllantirishda, shu jumladan, IT koʻnikmalarini, ixtisoslashuvlarini va ingliz tilini oʻrganishda toʻgʻri strategik yondashuvni taʼkidladi.

Bundan tashqari, Yuqori texnologiyalar parki bosh direktori oʻrinbosari bolalarga asosiy IT koʻnikmalarini oʻrgatishga ixtisoslashgan ixtisoslashtirilgan bolalar bogʻchalarini yaratish tajribasi bilan oʻrtoqlashdi, bu oʻz navbatida Oʻzbekistonda ham qoʻllanilishi mumkin.

Tomonlar, shuningdek, oʻzbekistonlik IT mutaxassislarining malakasini oshirish uchun onlayn oʻquv kurslarini tashkil qilish boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilishga muvaffaq boʻlishdi.

Bu mahalliy IT mutaxassislariga oʻz salohiyatini oshirishga, oʻz imkoniyatlari chegaralarini kengaytirishga va nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlarda ham oʻz faoliyatini olib borishga qodir boʻlgan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarga aylanish imkonini beradi.

Xalqaro miqyosda xizmatlar koʻrsatish toʻgʻrisida gap ketar ekan, tomonlar IT-autsorsingni rivojlantirish va AT xizmatlari va dasturiy mahsulotlarini eksport qiluvchi kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tajriba almashdilar.

Eslatib oʻtamiz, IT Park direktori Farhod Ibragimov, Vazir Shuhrat Sodiqov boshchiligidagi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasidan iborat tarkib joriy yilning 1–4 iyun kunlari Belorusiya poytaxtida boʻlib oʻtadigan “TIBO-2021” XXVII xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari forumida qatnashish uchun Minsk (Belorusiya Respublikasi) shahriga joʻnab ketdi.

Forumda yetakchi xalqaro kompaniyalar va IT-universitetlarning rahbarlari, IT-ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida kelajakda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish maqsadida IT sohasidagi ishbilarmon doiralar, xalqaro IT kompaniyalari vakillari va axborot texnologiyalari sohasidagi boshqa shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.

Yuqori texnologiyalar parki haqida maʼlumot

2005-yilda tashkil etilgan Yuqori texnologiyalar parki, haqli ravishda biznesni ochish, yuritish va rivojlantirish uchun eng yaxshi sharoitlarni taklif etuvchi Markaziy va Sharqiy Yevropaning yetakchi IT klasteri hisoblanadi. 2020-yilda HTPning Belorussiya YaIMdagi ulushi 4 foizdan oshdi. 2020 yilda HTP rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi 2,92 milliard AQSh dollarini tashkil etdi (oʻsish 125%), eksport hajmi esa 2,73 milliard AQSh dollarini (oʻsish 143 foiz) tashkil etdi.

2020 yilda HTP rezidentlarining daromadi taxminan 1,4 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. HTP resident kompaniyalari ishchilarining soni 40 mingga yaqin. Bugungi kunda 1021 ta kompaniya HTP rezidentlari hisoblanadi.

HTP rezidentlari boʻlgan EPAM Systems, SoftClub, Exadel kabi kompaniyalarning ham Oʻzbekistonda vakolatxonalari mavjud va ular IT Park rezidentlari hisoblanadi.

2021-06-02