IT Park и ACIR Southern Europe qoʻshma loyihalarni muhokama qilmoqda

19-iyun kuni ACIR Southern Europe mintaqaviy direktori Migel de la Kruz IT Park Uzbekistanʼga tashrif buyurdi.

Tashrifdan maqsadi – Oʻzbekistonning AKT yoʻnalishi bilan tanishish, IT Park bilan kelgusidagi hamkorlik va memorandum imzolash imkoniyatlarini muhokama qilishdan iborat edi.

Mehmonni IT Park Uzbekistan ijrochi direktori Abdulahad Kuchkarov hamda Investitsiyalar va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Nigora Mirjalilova kutib oldilar va tashkilot faoliyati bilan tanishtirdilar.

Migel de la Kruz qoʻshma loyihalarni tashkil etish, shuningdek, Oʻzbekistonda ACIR Southern Europe vakolatxonasini ochishdan manfaatdor edi. Uning taʼkidlashicha, ushbu vakolatxonaning asosiy yoʻnalishlari sarmoya va turizm yoʻnalishlari boʻlishi mumkin – kompaniya ushbu yoʻnalishda 5 ta davlat: Andorra, Gretsiya, Ispaniya, Italiya, Portugaliya bilan hamkorlik qilmoqda.

Tomonlar, shuningdek, qoʻshma taʼlim va institutsional loyihalarni, masalan, yozgi biznes kurslari va gibrid taʼlim tizimiga ega kurslarni tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Misol tariqasida, Migel de la Kruz ACIR Southern Europeʼni Yevropadagi IESE Business School (University of Navarra) kabi yetakchi biznes maktablari bilan bogʻlash sifatida koʻrib chiqishni taklif qildi. Bunday turdagi dasturlar Qozogʻistonda allaqachon mavjud, deya qoʻshimcha qildi u.

IT Park vakillari noyabr oyida Valensiyada oʻtkaziladigan “Oʻzbekiston kunlari” tadbiri doirasida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari sohasidagi sarmoyaviy salohiyat va imkoniyatlarni namoyish etish maqsadida Madridda sarmoyaviy seminar tashkil etishni taklif qildi.

ACIR Southern Europe Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi savdo, iqtisodiy va ishlab chiqarish aloqalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Kompaniya iqtisodiyotning turli sohalarida loyihalarni ishlab chiqadi, moliyalashtiradi va boshqaradi.

2023-06-20