IT Park “Innovatsion kun” biznes konferensiyasini o‘tkazadi

2021-yil 22-sentyabrda “Hilton” mehmonxonasining “Toshkent” konferensiya zalida IT Park tomonidan tashkil etiladigan “O‘zbekiston kompaniyalari bugungi kun va kelajak qiyinchiliklariga qaramay qanday qilib o‘z bizneslarini rivojlantirish va kengaytirishlari mumkin” mavzusida keng ko‘lamli biznes konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Biznes konferensiyada ishtirok etishga biznesni yanada rivojlantirish uchun IT yechimlarni ko‘rib chiqishga tayyor bo‘lgan kompaniya va bo‘lim rahbarlari taklif etiladi.

Tadbir hamkorlari Expera, SAP, Consult, ALPE Consulting, EY, IBA Group, Saprun, LeverX, MOLGA Consulting, Streamline Consulting mahalliy va xorijiy kompaniyalari bo‘lib, ularning vakillari quyidagi sohalarda muvaffaqiyat hikoyalari, insaytlari va biznesda o‘rgangan saboqlari bilan bo‘lishadilar:

- ERP;

- ishlab chiqarish va logistika;

- kadrlar boshqaruvi;

- moliya;

- innovatsion texnologiyalar;

- ta’minot zanjirini boshqarish va boshqalar.


 

Tadbirda ishtirok etish uchun siz quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz kerakhttps://sap-reg.com/?event=1510/

Savol tug‘ildimi?

Qiziqtirgan barcha savollaringizni elizaveta.ivanova@sap.com elektron pochta manziliga yuboring

Konferensiyada korishguncha!

 

2021-09-10