IT Park jamoasi Coursera vakillari bilan uchrashdi

2020-yilning 25-noyabr kuni IT Park’da eng mashhur xalqaro taʻlim platformalaridan biri boʻlgan Coursera onlayn platformasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda IT Park direktori Farhod Ibragimov, IT Park Startap ekotizimini rivojlantirish boʻyicha direktor oʻrinbosari Abdulaxad Kuchqarov, IT Park investitsiyalar boʻyicha menejeri Sasha Sternik, Mijozlar bilan aloqalar boʻyicha direktor Tarun Nallu va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi boʻyicha mintaqaviy direktor Eklavya Bxavelar ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida
ikki tomon boʻlgʻusi hamkorlik rejalarini muhokama qilish bilan bir qatorda, potensial qoʻshma loyihalarni amalga oshirish va bir-birlari bilan boʻlgan oʻzaro hamkorlikning mumkin boʻlgan jihatlarini koʻrib chiqdilar.
Shuningdek, IT Park vakillari mehmonlarni IT Park faoliyati, tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar va IT Park bilan bogʻliq boshqa jihatlar bilan tanishtirdi.

Natijada, har ikkala tomon ham uzoq muddatli hamkorlik va kelajakdagi loyihalar ustida faol ishlashga qiziqish bildirdilar.

Maʼlumot uchun:

Coursera – dunyodagi eng yaxshi universitet va kompaniyalarning eng zoʻr oʻqituvchilariga ega xalqaro onlayn taʼlim platformasi.



 

2020-11-27