Joriy yilning 5 noyabr kuni Jizzax shahridagi IT Park filialida aholining barcha qatlamlariga IT ko‘nikmalarini o‘rgatishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarga 5 nafar ustoz va 20 nafardan ortiq bolalar taklif etilib, ular uchun IT Park, IT Markazlar, “One Million Uzbek Coders” loyihasi hamda respublikamiz oliy o‘quv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlari faoliyati haqida batafsil ma’ruza qilindi. Trening davomida talabalar IT Markazlarda qanday yo‘nalishlarda tahsil olishlari mumkinligi, IT Park va umuman axborot texnologiyalari sohasida qanday imkoniyatlar borligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasining yetakchi mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda so‘zga chiqqanlar tanlagan kasbidan qat’I nazar, yoshlarning talabchan mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida salohiyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Bugungi kunda barcha sohalarni raqamlashtirish munosabati bilan har qanday faoliyat sohasi axborot texnologiyalariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Aynan shuning uchun ham kompyuter savodxonligini puxta egallash zarur.
Treningdan tashqari, mutaxassislar qaysi yo‘nalish unga mos kelishini aniqlashga yordam berish uchun har bir bola bilan individual muhokamalar o‘tkazdilar. Shuningdek, bolalarga One Million Uzbek Coders bepul onlayn kurslariga roʻyxatdan oʻtishda yordam berildi, unda ular maʼlumotlar tahlili, android ishlab chiqish, frontend va backend ishlab chiqishni oʻrganishlari mumkin.
Trening tashkilotchilari Jizzax viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning IT Markazlarida bepul o‘qishga kirishlarini ta’minlashni rejalashtirmoqda, chunki bu ularning kelajak kasblarini erkin egallashiga va professional IT mutaxassis bo‘lib yetishishiga zamin yaratadi.
2021-11-09