IT Park Jizzaxdagi startaplar uchun ideaton tashkil etmoqda!

2020-yilning sentyabr oyida IT Park Jizzax shahridagi IT sohasiga mansub tadbirkorlar va startaplar uchun ideaton tashkil etmoqda.

Ideaton – bu kelgusida shaxsiy texnologik biznesni yaratish maqsadida  bir kun ichida g‘oyani ishlab chiqish va uni minimal hayotiy mahsulot rivojlantirishga imkon beruvchi tadbir. Ideaton to‘liq bur kun davom etadi. Mazkur tadbir o‘z startapini boshlashni niyat qilgan, ammo bu borada qat’iyat yetishmayotgan kishilar uchun foydali.

Ideatonda 16 yoshdan katta bo‘lgan istalgan kishi ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda qatnashish shartlari:

Ishtirokchiga aylanish uchun ro‘yxatdan o‘tish hamda taklif qo‘ng‘irog‘ini kutish kerak bo‘ladi.

Ideaton g‘oliblari quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

1. Xiaomi Redmi 8;

2. Xiaomi MI Bend 4;

3. Xiaomi Redmi Airdots.

Ideaton IT Parkning Jizzax shahridagi filialida bo‘lib o‘tadi. Filial yaqin kunlarda ochiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:

https://docs.google.com/forms/d/1soQ6OpP5c_3LU8Lg-hbpjFczwHLZACPkmolsZ-3n_QQ/edit

2020-09-10