IT Park, KOICA va Gyeongbuk hamkorlikda trening va “team building” oʻtkazishdi

11-13 avgust kunlari Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), Gyeongbuk Texnoparki va IT Park xodimlar uchun qoʻshma trening oʻtkazishdi.

Dastur doirasida IT Parkni rivojlantirish strategiyasi, IT ekotizimining sarmoyaviy salohiyati va IT Park Uzbekistan xodimlari uchun “team building” boʻyicha seminarlar oʻtkazildi. Birinchi boʻlib Kyongbuk texnoparkining Xalqaro hamkorlik markazi direktori Kim Yang Jin soʻzga chiqdi.

Koreya texnoparklarni qoʻllab-quvvatlash assotsiatsiyasi eksperti Kim Tae Jung Oʻzbekistondagi IT Park salohiyatini mustahkamlash boʻyicha tadqiqoti va rivojlanish rejalari bilan oʻrtoqlashdi. U mamlakatimiz va mintaqamizdagi IT-sanoatni rivojlantirishda IT-parkning muhim oʻrin tutishini taʼkidlab, kelgusidagi oʻzaro hamkorlik haqida gapirdi.

EcoPartners venchur fondi direktori, professor Je Xun Ri Oʻzbekiston IT-ekotizimining investitsiya salohiyatini takomillashtirish strategiyasi va bu jarayonda  IT Parkning oʻrni haqida soʻzlab berdi. U IT sohasini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni, xorijiy sarmoya va mutaxassislarni jalb qilish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

Rasmiy qismdan soʻng IT Park, KOICA va Gyongbuk Texnoparki xodimlari ishtirokida qoʻshma “team building” boʻlib oʻtdi. Avvalgi treninglarda ishlab chiqilgan taqdimotlar taqdim etildi va IT Parkni rivojlantirish boʻyicha oʻz gʻoyalarini taqdim etgan toʻrtta jamoa ishtirokida loyiha tanlovi oʻtkazildi. Gʻoliblarga sovgʻa sertifikatlari topshirildi.

2023-08-15