IT Park “KSSDA AWARDS 2021” tanlovida ishtirok etdi

2021-yil 20-dekabrdan 23-dekabrgacha IT Park Bishkek shahridagi “KSSDA AWARDS 2021” tanlovida ishtirok etdi.

“KSSDA AWARDS 2021” — bu Qirgʻizistondagi IT-kompaniyalar uchun har yili oʻtkaziladigan nominatsiya boʻlib, unda IT-kompaniyalar rahbarlari, hukumat vakillari, xalqaro kompaniyalar rahbarlari va boshqalar ishtirok etadilar.

Tashrif davomida IT Park vakili, xalqaro operatsiyalar bo‘yicha menejeri Sultonmurod Rasulov Qirg‘iziston yuqori texnologiyalar parkiga (YTP) tashrif buyurib, Qirg‘izistonning yetakchi IT-kompaniyalari rahbarlariga IT Park faoliyati bilan tanishtirdi.  Taqdimot doirasida IT Park’ning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi, savol-javob bo‘lib o‘tdi, unda Qirg‘iziston kompaniyalarining O‘zbekistonda qarorgohi, BPO kompaniyalarini jalb etish va boshqa ko‘plab masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, IT Park xodimi bir qator IT-kompaniyalar rahbariyati, xususan, “Kanda Soft”, “Mad Aliens”, “Unique Technologies”, “CRM Technologies”, “YORC” va “Reviro.io” kompaniyalari bilan hamkorlik qilish yo‘llarini muhokama qildilar.

Tashrif davomida tomonlar O‘zbekistonda vakolatxonalar ochish, autsorsing va autstaffingni, shuningdek, O‘zbekistonda elektromobil sanoatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

2022-01-05