“Made in Uzbekistan” koʻrgazmasi 23-25 oktyabr kunlari “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida boʻlib oʻtadi.
MITC stendida siz parkning hozirgi faoliyati bilan tanishishingiz, shuningdek, “IT-Park Uzbekistan” bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyihalar haqida maʼlumot olishingiz mumkin.
Xalqaro “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va “Oʻzekspomarkaz” MKM AJ tomonidan respublika vazirliklari, idoralari va tashkilotlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Koʻrgazmaning maqsadi va vazifalari – mahalliy korxonalarning eksportga moʻljallangan mahsulotlarini namoyish etish, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish va mahalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan barqaror va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.
2019-10-24