IT Park “mGovAward” tanlovi doirasida vorkshoplar o‘tkazadi

2022-yil 19-20-mart kunlari IT Park GDG Tashkent bilan hamkorlikda sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “mGovAward mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha IT Park tanlovi doirasida IT-mutaxassislari bilan amaliy vorkshoplar o‘tkazadi.

Vorkshoplar jarayonida mahalliy va xorijiy kompaniyalarning tajribali IT-mutaxassislari:

       – mobil ilovalarni yaratish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazadilar;

       – mobil dasturchi bo‘lish, muvaffaqiyatli MVP yaratish, Back-end va mobil ilovalar dizaynini dasturlash, hamda, elektron hukumat ishini joriy etish haqida gapirib berishadi;

        – shaxsiy mentorlik sessiyalarini oʻtkazadilar va ishtirokchilarning hozirgi ishlanmalarida muammolarni hal qilish boʻyicha maslahat beradilar.

Spikerlar boʻladi:

 – EPAM Systemsʼda Product Manager Nuruddin Iminoxunov;

 – EPAM Systemsʼda Senior Software Engineer Islomxo‘ja Axrorov;

 – Uberʼda IOS dasturchisi Darkonbek Mamataliyev;

 – EPAM Systemsʼda Senior Software Engineer Axrorxo‘ja Yodgorov;

 – Safenetpayʼda Product Designer Faxriddin Olimov;

 – Elektron hukumatini rivojlantirish Markazi mutaxassislari.

 Nutqlar jadvali:

Vorkshoplar 19 va 20-mart kunlari IMPACT.T texnologik xabda ZOOM orqali jonli efirda oflayn tarzda boʻlib oʻtadi.

 Oflayn tarzda qatnashish uchun oʻzingiz bilan noutbuk olib kelish tavsiya etiladi va siz “mGovAward” tanlov guruhiga qoʻshilishingiz kerak: https://t.me/mgovaward

Onlayn tarzda ishtirok etish uchun esa tadbir kuni ushbu havolaga oʻtishingiz kerak: https://clck.ru/dvdrT

Manzil: Yakkasaroy tumani, Bog‘ibuston k., 186-188-uylar.

Lokatsiya: https://bit.ly/3KPD1T8

“mGovAward” – davlat xizmatlari sohasida ilovalarni uaratish bo‘yicha keng ko‘lamli tanlov. mGovAward tanlovini o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarning davlat bilan hamkorlikda ishlashga qiziqishini oshirish va davlat xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yuqori sifatli yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.  Eng yaxshi ishlab chiqilgan yechimlar davlat muassasalarida joriy etiladi.  Musobaqaning mukofot jamarmasi 100 ming AQSH dollarini tashkil qiladi.

 Agar siz tanlov ishtirokchisi boʻlishni, mobil ilovani yaratishni hamda gʻolib unvoni va sovrin jamgʻarmasi uchun kurashmoqchi boʻlsangiz, arizangizni 2022-yil 31-martgacha topshirishga shoshiling.

Tanlov shartlari haqida batafsil malumot olish uchun havolaga oting: http://www.mgovaward.uz/index_ru.html

2022-03-17