IT Park Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javaharlal Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi bilan memorandum imzoladi

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ekotizim yaratish hamda IT ta’limning muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga olgan holda, 2021-yil 27-fevral kuni IT Park Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javaharlal Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi.

IT Park va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javaharlal Neru nomidagi O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi o‘rtasida memorandum O‘zbekiston Respublikasi yoshlari o‘rtasida startap ekotizimini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim sohasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida imzolandi.

Mazkur kelishuv quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

- qo‘shma loyihalar;

- startap ekotizimi sohasidagi loyihalar;

- individual dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘qituvchi va murabbiylar almashinuvi;

- O‘zbekiston-Hindiston axborot texnologiyalari markazi kurslari tinglovchilari uchun IT Park rezidentlarining kompaniyalarida amaliyot o‘tash imkoniyati;

- IT Park rezidentlarining kompaniyalarida kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan markaz talabalarini ish bilan ta’minlash va boshqa shu kabi imkoniyatlar.

Ma’lumot uchun:

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Javoharlal Neru nomidagi O‘zbek-Hind axborot texnologiyalari markazi O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida 2004-yil 29-oktyabr kuni Dehli shahrida imzolangan Anglashuv Memorandumi asosida tashkil topgan.

Markaz faoliyatining birinchi kunidanoq quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi:

- axborot texnologiyalari;

- zamonaviy axborot texnologiyalari;

- veb texnologiya hamda veb dasturlash;

- tadbirkorlik faoliyatini avtomatlashtirish;

- Linux operatsion tizimi;

- C/C ++ tilida dasturlash.

2019-yildan boshlab Markaz quyidagi professional yo‘nalishlar bo‘yicha uzoq muddatli kurslarni tashkil etmoqda:

- Frontend dasturlash;

- Backend dasturlash;

- Grafik dizayn;

- Veb dizayn

2021-03-01