IT Park Niderlandiyadagi Uzbekistan IT Daysʼga taklif qiladi

IT Park va Oʻzbekistonning Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi 27-sentabr kuni Amsterdamda boʻlib oʻtadigan “Uzbekistan IT Days” konferensiyasiga taklif etadi.

Uzbekistan IT Days — bu noyob tadbir boʻlib, unda tashrif buyuruvchilar Oʻzbekiston AKT sohasining imkoniyatlari va yutuqlari bilan tanishadilar. Mehmonlarga mintaqaning investitsiya salohiyati haqida maʼlumot beriladi va Markaziy Osiyo bozoriga chiqish va hamkorlar topishni rejalashtirayotgan xorijiy kompaniyalar uchun yangi dasturlar taqdim etiladi.

Dasturda Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi elchixonasi, shuningdek, IT Park Uzbekistan rahbariyatining chiqishlari, IT Park rezident kompaniyalarining taqdimotlari hamda B2B uchrashuvlari oʻrin olgan.

Havola orqali roʻyxatdan oʻtish: https://forms.office.com/r/V4StcFgM3S

Sana va vaqt: 27-sentyabr, soat 14:00

Tadbir oʻtkaziladigan joy: Corendon mehmonxonasi

Manzil: 1171 PL Badhoevedorp, Amsterdam, Niderlandiya

Tadbirning batafsil dasturi:

  • 14:00 — 14:30 Biznes-forum ishtirokchilarini roʻyxatga olish
  • 14:30 — 14:40 Oʻzbekiston va IT-sohasi haqida kirish videosi
  • 14:40 — 15:00 Oʻzbekistonning Niderlandiyadagi elchisining kirish soʻzlari
  • 15:00 — 15:30 “Oʻzbekiston — Markaziy Osiyoning yangi IT-markazi” taqdimoti
  • 15:30 — 16:15 Kofe-breyk
  • 16:15 — 17:00 IT Park rezident kompaniyalari taqdimoti
  • 17:00 — 18:00 B2B uchrashuvlari

2023-08-25