IT Park’ning Buxorodagi filialida “EdTech-HUB” doirasida Pitch Day bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 7-iyul kuni IT Park O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida startap g‘oyalar bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mga teng EdTech-HUB tanlovi doirasida Pitch Day tashkil etdi. 

Ishtirokchilar o‘z innovatsion g‘oyalarini Buxoro viloyatining yetakchi IT mutaxassislari va tadbirkorlariga namoyish qilishdi.

G‘oya va loyihalar tanloviga arizalar qabuli joriy yilning 15-iyun kuniga qadar davom etadi. Ular orasidan 77 tasi EdTech-HUB’da ishtirok etish uchun tanlab olindi.

 Barcha ishtirokchilar quyidagi hakamlar hay’atiga o‘z innovatsion g‘oyalarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi:

 1. Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisi, “Menejment va marketing” fanlari doktori Sobir Ro‘ziev;

2. “Korporativ Maslahat Tizimlari” MChJ kompaniyasi direktori Temur Hakimov;

3. “BIZZONE GROUP” MChJ direktori Ravshan Navro‘zzoda;

4. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Buxoro shahar boshqarmasi boshlig‘i Alisher Qudratov;

5. Tadbirkor, ko‘phina biznes loyihalar muallifi Rashid Usmonov;

6. “Yoko Taxi” kompaniyasi asoschisi Feruz Shodmonov;

7. Ko‘chmas mulk sohasidagi tadbirkor Feruz Sharipov.

 Ta’kidlash joizki, axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha namoyish etilgan g‘oya va loyihalar taqdimotidan so‘ng tanlov ishtirokchilari 2,5 oy ichida o‘z g‘oyasini tayyor mahsulotga aylantirish imkoniyatini beruvchi inkubatsiya va akseleratsiya bo‘yicha bepul o‘quv dasturlaridan o‘tishdi. O‘quv davomida IT sohasi va biznes bo‘yicha mutaxassislar ishtirokchilarga ta’lim berish bilan bir qatorda, ularga o‘z mahsulotlarini pul mukofoti uchun kurash olib boriladigan yakuniy taqdimotiga chiqarishlariga yordam berishdi.

 Loyihalarning inkubatsiya va akseleratsiya bo‘yicha barcha dasturlari o‘zbek va rus tillarida o‘tkaziladi. Tanlovda ishtirok etish mutlaqo bepul.

 

2021-07-09