IT Parkʼning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Surxondaryo viloyati hududiy filiallari rahbarlarining yig‘ilishi

Joriy yilning 29-noyabr kuni Surxondaryo viloyatida IT Park Nukus filiali menejeri Madiyar Elmuratov va IT Park Surxondaryo viloyati filiali rahbari Akrom Jo‘rayev o‘rtasida ushbu mintaqada axborot texnologiyalarini rivojlantirish, tajriba almashish va yaqin hamkorlikni davom ettirish istiqbollarini o‘rganish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tashrif davomida Surxondaryo viloyatidagi bo‘lajak IT Park filiali qurilish maydonlari bo‘ylab tanishuv sayohati o‘tkazilib, uning ochilishiga har tomonlama tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.  Madiyar Elmuratov IT markazlarida ham bo‘lib, Surxondaryo viloyati yoshlari bilan suhbatlashdi.

IT Park Nukus filiali menejerining Surxondaryo viloyatiga amaliy tashrifi yakunida tomonlar tashkilotning galdagi tadbirlari va yangi loyihalari yuzasidan fikr almashdilar hamda samarali hamkorlik uchun bir-biriga minnatdorchilik bildirdilar.

IT Parkʼning hududiy filiallari rahbarlari o‘rtasidagi hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlab, samaradorlikni oshirib, butun mamlakatimizda IT sohasini jadal rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

2021-12-02