IT Parkʼning Toshkentdagi filialiga Tatariston delegatsiyasi tashrif buyurdi

2022-yil 20-yanvar kuni Innopolis universiteti, Kozon-Telematica va KER-Generatsiya vakillari Toshkent shahridagi IT Park filialiga tashrif buyurishdi.

Xususan, uchrashuvda Tatariston Respublikasi taʼlim va fan Vaziri Ilsur Xadiullin, Innopolis EIZ bosh direktori Renat Xalimov, Innopolis universiteti rektori Aleksandr Tormasov, Kozon-Telematika tijorat direktori Maksim Tarasevich, KER-Generatsiya direktori Ilnar Ziganshin, hamda, Toshkentdagi IT Park filiali direktori Sherzod Abdurahmonov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Tataristondan kelgan mehmonlar IT Park haqida taqdimot qildilar va tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.  Tatariston tomoni IT-taʼlimni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishdan manfaatdor boʻldi va mamlakatda IT-sohasining jadal rivojlanib borayotganidan katta taassurot qoldirdi.

Natijada tomonlar IT-ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va loyihalarni yaratishga qiziqish bildirdi.

2022-01-21