Bugun, 20-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Aloqa tarixi muzeyida «Pitch kuni» bo’lib o’tdi, unda dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – IT Parkning birinchi rasmiy startaplari tanlab olindi.
Joriy yilning 4-iyunidan 10-iyuliga qadar IT-Park inkubatsiya va akseleratisya dasturlariga arizalar qabul qildi. Bir oydan ko’proq vaqt mobaynida 103 ta arizalar kelib tushdi va ulardan 60 tasi Pitch Day (startap loyihlarni taqdim etish va tanlash kuni) da qatnashish imkoniga ega bo’ldilar.
IT-Park hakamlar hay’ati tarkibidan quyidagilr o’rin olidalar: Farhod Ibragimov – IT-Park direktori; Akmal Salihov – VRonica asoschisi, O’zbekiston startaptachilari vakili; J. Partasarti – IT-Park maslahatchisi; Usmon Raximjonov – O’zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining «Startap tashabbuslari» loyihasi koordinatori; Tolib Mirzakulov – O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi elektron tijoratni rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i.
IT-Parkning birinchi startap loyihalari bo’lgan 15 ta loyiha tanlab olindi:
Akseleratsiya dasturi
Fastgo – Igor Kim;
Document scaner – Shuxrat Zohidov;
ESL – Muzaffar Mahkamov;
Agromart – Akbar Boboxonov;
Arzon Apteka – Danik Komilov;
Meteostation – Vladimir Alatartsev
Inkubatsiya dasturi
Revisor – Islomali Nuraliev;
Event – Shohruxon Umarov;
Altmed – Mahmudjon Sodiqov;
Worklance – Bekzodxon Mahkamov;
Delivera – Aziz Qurbonov;
Spherra – Rustam Yuladshev;
AydaTuda – Vladislav Vavilov;
Patient monitor – Murod Oxunov;
Locker Post – Rustam Azimov.
Hozirga kelib, tanlovdan o’tgan barcha 15 ta jamoalar bilan shartnomalar imzolanadi va 2019-yil 12-avgustda startaplar IT Park huzurida o’z dasturlari bo’yicha o’qishni boshlaydigan bo’ldilar.
Xabar qilinishicha, tanlovdan o’tgan 15 jamoa orasidan biron-biri IT-Park dasturlarida qatnashishdan voz kechsa yohud boshqa sabablarga ko’ra qatanasha olmasa, jamoa «kutish» ro’yxatdagi boshqasi bilan almashtiriladi.
«Kutish» ro’yxati:
1) Online Education – Karimov Anvar;
2) project Darwin – Nozim To’raqulov;
3) Academ.uz – Jamshit Mazaitov;
4) Abacus.uz – Jemurat Mametkarimov;
5) Pager Messenger – Umidjon Dushnazarov;
6) Electron Clearing Group – Otabek Botirov.
Ta’kidlanishicha, IT Park taqdimotlarni va startaplarni sarab olish jarayonini ko’rishni istagan barcha xoxlovchilarga bunday imkoniyatni yaratib berdi. Startap loyihlariga qiziquvchi har bir shaxs mazkur jarayonda qatnashish va taqdimotlarni bevosita kuzatishga muvaffaq bo’ldi.
2019-07-20