IT Park onlayn doʻkonni ishga tushirdi!

Siz bilan ajoyib yangilikni baham koʻrishga shoshilmoqdamiz. IT Park oʻzining onlayn doʻkonini ishga tushirdi. Bu esa hoziroq brendimiz mahsulotlarini buyurtma qilishingiz va IT Park oilasining aʼzosiga aylashingiz mumkinligini bildiradi.

Biz sizga nima taklif qila olamiz?

Turli print va yozuvlarga ega ajoyib stildagi futbolkalar, kepkalar, qulay va asosiysi yetarli sigʻimga ega ryukzaklar, shuningdek kanselyariya.

Hozirning oʻzidayoq saytga tashrif buyurib, oldindan buyurtma qilish imkoniyati mavjud. Saytda siz “Doʻkon” boʻlimini topasiz va shundan soʻng kerakli narsani tanlab, buyurtma qilasiz. Oldindan buyurtma rasmiylashtirilganidan soʻng, uni tasdiqlash uchun bizning xodimlarimiz siz bilan bogʻlanishadi. Barchasi juda oson va oddiy!

Biz brendimiz mahsulotlari assortimentini toʻldirishga va sizni yangi narsalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz.

Mahsulotlarni shu yerda koʻrish mumkin: https://it-park.uz/ru/itpark/shop
 


 

2020-11-10