IT Park OTMʼlarda xalqaro IT sertifikatlari uchun kompensatsiya dasturini namoyish etdi

IT Park xodimlari talabalarga IT-taʼlim olishning yangi imkoniyatlari va xalqaro IT sertifikatlari uchun kompensatsiya dasturi haqida maʼlumot berish uchun bir nechta universitetlarga tashrif buyurishdi.

Shunday qilib, xalqaro IT-sertifikatlar bo‘limi boshlig‘i Mirabbas Anvarov va IT Park Toshkent filiali direktori Sherzod Abdurahmonov soʻzga chiqdilar:

  • 16-sentyabr Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida (TTPU);
  • 27-sentyabr AKFA Universitetida;
  • 29-sentyabr – Amity Universitetida.

Tinglovchilar AKT sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida bilib oldilar. Xususan, talabalarga IT Park Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi ko‘magida, Microsoft, Google, Cisco, Coursera, Oracle, Cybersecurity va boshqalar kabi xalqaro IT sertifikatini olish uchun sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olish mumkin bo‘lgan dasturni ishga tushirgani haqida ma’lumot berildi.

Buning uchun quyidagilar kerak:

  • 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
  • www.my.gov.uz elektron portalida onlayn ariza toʻldirish;
  • zarur hujjatlarni biriktirish (xarajat kvitansiyasi nusxasi, IT-sertifikat nusxasi);
  • agar arizachi 16 yoshga toʻlmagan boʻlsa, arizani toʻldirishda ota-ona/vasiylarning maʼlumotlarini yozish lozim.

Talabalarga kompensatsiya qilinadigan IT sertifikatlari ro‘yxati korsatildi, shuningdek, https://my.gov.uz/ru/service/622 havolasi orqali sertifikatni qanday yuklash kerakligi tushuntirildi.

Bundan tashqari, Mirabbos Anvarov talabalarga IT Park hamkori Coursera talim platformasi, shuningdek, platformaning ta’lim imkoniyatlari haqida gapirib berdi.

2022-10-06