IT Park Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlari uchun “Hack4Region” xakatonini o‘tkazadi

2021-yilning 17-19-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida IT Park, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, MCHJ “Edunomics” hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali IT Park hamkorligida hamma uchun tashkil etiladigan “Hack4Region” xakatoni bo‘lib o‘tadi. 

Xakatonning asosiy maqsadi – mamlakat startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash va uni yangi g‘oyalar, odamlar va jamoalar bilan ta’minlashdir.
 
Kimlar ishtirok eta oladi?
Xakatonda o‘z kuchini sinab, qimmatbaho sovrinlar uchun kurashmoqchi bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi ishtirok etishi mumkin.

Musobaqada nimalar bo‘ladi?
Xakaton ishtirokchilari quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha muammoni hal qiladigan loyiha ishlab chiqishlari kerak bo‘ladi:
 - sun’iy intellekt;
 - meditsina;
 - energetika;
 - qishloq va suv xo‘jaligi;
 - qurilish;
 - ta’lim;
 - ijtimoiy himoya;
 - aholi bandligi.
 
Maxsus taklif etilgan ekspertlar va murabbiylar ishtirokchilarga loyiha prototipini amalga oshirishning eng samarali va tezkor usulini ko‘rsatib, ularga yordam beradi va yo‘naltiradi.

Tanlov yakunida uchta eng yaxshi startap-loyiha qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ladi.

Muhim: Bir jamoada ishtirokchilarning maksimal soni 3 kishi boʻlishi kerak.
Ro‘yxatdan oʻtish 2021-yil 14-dekabrgacha davom etadi.
 
Ro‘yxatdan o‘tishga havola: https://forms.gle/s9nyT61PmGu98SLA6 
 
Bu o‘z kuchingizni sinab ko‘rish, qimmatli tajriba orttirish va sovrinlar uchun kurashish uchun ajoyib imkoniyat!
 
Qoraqalpog‘iston yoshlari, imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang va tezroq  ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling.

2021-11-15