IT Park rahbariyati 2022-yilning eng yaxshi xodimlarini taqdirladi

Har qanday tashkilot muvaffaqiyatining kaliti – bu kuchli va ahil boʻlgan professionallar jamoasi. 30-dekabr kuni eng uzoq kutilgan bayram arafasida, IT Parkʼda tashkilot rivojiga katta hissa qo‘shgan 2022-yilning eng yaxshi xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosim doirasida IT Park direktori Farhod Ibragimov tashkilotning barcha xodimlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi va IT Parkʼning o‘tgan yili erishgan muvaffaqiyatlarini ta’kidladi.

2022-yil yakunlariga koʻra, IT Parkʼning eng yaxshi xodimlari quyidagilar boʻldi:

  • raqamli ta’limni rivojlantirish boʻlimining eng yaxshi xodimi – Muborak Muxtorova;
  • innovatsiyalar boʻlimining eng yaxshi xodimi – Anastasiya Filippova;
  • rezidentlar bilan ishlash boʻlimining eng yaxshi xodimi – Rufina Ismailova;
  • hududiy rivojlanish boʻlimining eng yaxshi xodimi – Amir Mansurov;
  • xalqaro faoliyat boʻlimining eng yaxshi xodimi – Dildora Nasibullayeva;
  • reklama va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimining eng yaxshi xodimi – Amirxan Baykiyev;
  • MBX (maʼmuriy-boshqaruv xodimlari) boʻlimining eng yaxshi xodimi – Laziz Rustamov.

Bundan tashqari, yil yakunlari boʻyicha:

  • IT Parkʼning eng yaxshi filiali Samarqanddagi filiali bo‘ldi;
  • Bunyod Qutbidinov (Qashqadaryo viloyatidagi filial) barcha filiallar orasida eng yaxshi startap menejeri deb topildi;
  • Asadullo Zabihullayev (Toshkent viloyati) barcha filiallar orasida eng yaxshi ta’lim menejeri deb topildi;
  • Islombek Ismoilov (Nukus) barcha filiallar orasida rezidentlar bilan ishlash bo‘yicha eng yaxshi menejeri deb topildi;
  • va Nukusdagi Markaz 2022-yilning eng yaxshi IT-Markazi unvoniga sazovor boʻldi.

 

​​​​​​​

2023-01-07