24-oktabr kuni AKT Haftaligi doirasida IT Park rezidenti Revotech va Amerikaning Effika Corporation kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.
Imzolash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vaziri Sherzod Shermatov, vazir maslahatchisi Kamola Sabirova, IT Park Uzbekistan direktori Farhod Ibragimov, raqamli ta’lim bo‘yicha direktor o‘rinbosari Abdulahad Kuchkarov, xalqaro aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Amaliya Ergasheva hamda Revotech bosh direktori Nodir Turdimatov va Effika Corporation vakillari ishtirok etishdi.
Memorandum maqsadi – biznes jarayonlari autsorsingining (BPO) yangi yoʻnalishlarini, yaʼni sugʻurta xizmatlarini rivojlantirishdan iborat. Shunday qilib, hujjatga koʻra, Effica Corporation 2023-yil uchun sugʻurta sohasida 20 million dollar miqdorida autsorsing xizmatlarini taqdim etadi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik va o‘zaro manfaatli sheriklik mexanizmlarini oʻrnatish, hamda, ushbu Memorandum doirasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimligini ta’kidladilar.
Revotech kompaniyasi rahbari Nodir Turdimatov ta’kidlaganidek, soʻnggi yillarda davlat tomonidan olib borilayotgan qo‘llab-quvvatlash siyosati tufayli bunday muvaffaqiyatlarga erishildi.
2022-10-25