IT Park rezidenti “Easy Code”dan bolalar uchun dasturlash kurslari! 

Eʼtiboringizga dasturlash boʻyicha rezidentimiz “Easy Code”dan 4 dan 16 yoshgacha boʻlgan boalalr uchun moʻljallangan dasturlash boʻyicha kurslarni taqdim etamiz.

“Easy Code” kurslarining oʻziga xos tarafi birgina dasturlash boʻyicha kurslarda emas, balki bolalarga taʼlim olishi, kelgusida kasbiy faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan Soft Skills beradi.

“Easy Code” kurslari: 

- Veb dasturlash asoslari:

Mazkur kursni yakunlagandan soʻng siz HTML-sahifaga oʻzgartirishlar kirita olishingiz, bir nechta CSS xususiyatlarini yozib sahifa tuzilishini qayta tahrir qilishingiz mumkin, shuningdek, internet tuzilmasi va soha mutaxassislari u yoki bu veb loyihaning qismlari bilan ishlash tartibini yaxshiroq bilib olasiz.

- Scratch dasturlash asoslari: 

Mazkur kurs yosh taʼlim oluvchilarga bor eʼtiborlarini algoritmga qaratishlariga yordam beradi. Scratch dasturlash bilan ortiqcha “boshogʻriqlarsiz” shugʻullanishni istaydiganlar uchun ayniqsa mos keladi.

- Murakkablashtirilgan Scratch dasturlash:

Ushbu kursda talabalar kompyuterda ishlash qobiliyatlarini yaxshilashlari, obyektga yoʻnaltirilgan dasturlashning asosiy tushunchalarini oʻrganishlari va Scratch vizual muhitida loyihalarni yaratishda ulardan foydalanishni oʻrganishlari mumkin. Bundan tashqari, kurs bolalarga ijodiy qobiliyatlarni, estetik didni va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi.

- Microsoft Officeʼda ishlash asoslari (10-14 yosh): 
Kursda bolalar “tezkor tugmachalar”ni va uchta dasturda ishlashni: Word, Excel va PowerPoint matnli fayllarni yaratish va tahrirlash, jadvallar yaratish va boshqalarni oʻrganadilar.

- App Inventor ilovasini yaratish: 

“App inventorʼga kirish” — bu vizual dasturlash tili yordamida Android platformasida mobil ilovalarni yaratishni oʻrganmoqchi boʻlganlarga yordam beradigan mustaqil kurs.


- Javascript veb dasturlash:

Veb dasturlash kursi IT mutaxassisi boʻlishni istaydigan, biroq hech qanday tilni, umuman olganda, dasturlashni qanday boshlashni bilmaydiganlar uchun moʻljallangan. Murakkablik darajasining bosqichma-bosqich oʻsishi bilan tuzilgan dastur kodining bir qatorini ham yozmagan va hech qachon vyorstka qilmaganlar uchun moʻljallangan.

“EasyCode” da kurs oʻqituvchisi Anna Vladimirovna Bulanik. Toshkentda tugʻilgan. Bitirganidan soʻng Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kollejiga, soʻngra Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga oʻqishga kirdi.


“Bu davr mobaynida dasturiy mahsulotlar va apparat-dasturiy komplekslarni ishlab chiqish markazida Texnik yozuvchi lavozimim men uchun birinchi ish boʻldi. Kasb-hunar sohasida keyingi muhim tajribani sevimli TATKHKʼdagi dasturiy muhandislik kafedrasida maxsus fanlar oʻqituvchisi sifatida oldim. Hozirda men “Evrika bilimdon”da kompyuter fanlari oʻqituvchisi sifatida hamda bir vaqtning oʻzida “Easy Code”da IT kurslar oʻqituvchisi sifatida ishlayman”, dedi Anna Bulanik.

Anna taʼkidlaganidek, “Technovation Challenge 2017“ xalqaro IT tanlovida “Nascent Inspiration” jamoasida mentorlik qilgani uning uchun eng yorqin loyiha boʻldi.

“Bolalarga vosita berish va undaan foydalanishni oʻrgatishni kasbimning asosiy maqsadi deb bilaman”, — qoʻshimcha qiladi Anna.

“Easy Code” da kurslarni topshirgandan soʻng, bitiruvchilarning maktabdagi oʻzlashtirishi yaxshilanadi, chunki kurslar bolalarni mustaqil fikrlash va mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantirishga oʻrgatadi.

“Kompyuter oʻyinlarini oʻynash vaqtini “oʻldirgan” talabalar bizning darslarimizda oʻyinlar, foydali dasturlar, interaktiv kartalar va hatto oʻzlari oʻylab topgan qahramonlar va syujet asnosida multfilm yaratishlari mumkin boʻladi”, — deya taʼkidlanadi “Easy Code”da.

Kurslarga roʻyxatdan oʻtish: +99871 267 13 50

Kurslar sayti: 
https://easycode.uz/ 

 

 

2020-11-10