IT Park rezidenti "EPAM Systems" tomonidan "EPAM Insider Tashkent" nomli konferensiya o‘tkaziladi

22-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida IT-Park rezidenti “EPAM Systems”ning “EPAM Insider Tashkent” nomli xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

IT-konferensiya dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida filiallariga ega bo‘lgan dunyoning yetakchi kompaniyalaridan birining buyurtma asosida dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo‘yicha hamda kompaniya mutaxassislari faoliyati bilan yaqindan tanishish imkonini beradi. Tadbir ishtirokchilari EPAM Systems ishtirokidagi qiziqarli loyihalar haqida ma’lumot olishlari, muhandislik hamjamiyati bilan tanishishlari va manfaatli aloqalar o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi. Tadbirda ma’ruzachilar xodimlarni boshqarish, IT-ta’lim yo‘nalishlari haqida so‘z yuritib, kasbiy salohiyatni oshirish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.

Tadbirda yanada nimalar kutilmoqda:

-15 nafar spiker

-karyera imkoniyatlari

- musobaqa va sovrinlar

Konferensiya ingliz tilida olib boriladi. Konferensiya o'tkazilish vaqti: 9:00- 17:30. Ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali roʻyxatdan oʻting:
https://clck.ru/gmJht

2022-05-06