IT Park rezidenti “Exadel” JavaScript va .Net bo‘yicha stajorlarga qabul e’lon qildi

“Exadel” xalqaro IT kompaniyasi JavaScript va Net bo‘yicha stajorlarga qabul e’lon qildi. U yerda siz kompaniyaning malakali ustozlar rahbarligida nazariy qismini o‘rganishingiz va o‘quv loyihalari bo‘yicha ish olib borishingiz mumkin.

O‘quv loyihasida siz ilova yaratishning barcha bosqichlaridan o‘tasiz: 0 dan tayyor ilova taqdimotigacha. Ushbu vaqt mobaynida siz frontend va backend bo‘yicha malakangizni haqiqiy amaliyotda oshirasiz. Sizni boy tajriba, bilimlarni mustahkamlash, yangi tanishlar, hamfikrlar bilan muloqot qilish va “Excadel”ning yetakchi va malakali mutaxassislaridan maslahat olish imkoniyatiga ega boʻlishingiz vmumkin.

Amaliyot yakunida sizning jamoangiz o‘z mahsulotini professional hakamlarga namoyish qiladi. Bitirish arafasida amaliyotchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i ish takliflari olishadi.

Mashg‘ulotlar inlays tarzda, rus tilida olib boriladi, davomiylik – 2 oy.

Umumiy talablar:

— Intermediate va undan yuqori ingliz tili darajasi;

— OOP bilimi, algoritmlar va ma’lumotlar tuzilishini bilish;

— HTTP/Rest haqida boshlang‘ich tushuncha;

— boshqaruv tizimlari haqida umumiy tushuncha.

JavaScript uchun talablar:

— JavaScript, HTML, CSS boshlang‘ich bilim;

— Visual Studio Code/Sublime/WebStorm redaktorlari bilan ishlay olish qobilyati;

— qo‘shimcha afzallik beradi: Angular/React doirasida boshlang‘ich bilim;

- JavaScript, DOM, BOM, Node.js da asinxronlik.

.
NET uchun talablar:

— SQL yoki Mongo da boshlang‘ich bilim (select/insert/join so‘rovlarini yoza Polish);

— .Net C# (ma’lumotlar turlari, o‘zgaruvchilari, xususiyatlari, usullari, toiflari);

— unit testlar haqida umumiy tushuncha;

— Dependency Inversion va uning nima uchun kerakli to‘g‘risida bilim.

Ishtirok etish uchun ariza shaklini to‘ldirish lozim. Shundan soʻng bilan rekruter suhbat masalasida sizga aloqaga chiqadi va undan so‘ng sinov testining sanasi va vaqtini belgilaydi.

Arizani 14-iyunga qadar havola orqali to‘ldiring: https://cutt.ly/PnlKSof

Mashg‘ulotlarning boshlanish sanasi: 5-iyul

Savollar yozasidan quyidagi pochta manziliga aloqaga chiqishingiz mumkin: http://edu@exadel.net

Ma’lumot uchun:

“Exadel” — dasturlash bo‘yicha 20 yıldan ortiq tajribaga ega xalqaro IT-kompaniya.
Kompaniya konsalting va dasturlash strategiyasidan boshlab, test qilish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarning to‘liq doirasini taqdim etadi. Kompaniyaning AQSh, O'zbekiston, Belorusiya, Germaniya, Polsha, Litva, Ukraina, Rossiya va Gruziyadagi filiallarida jami 1200 nafardan ortiq xodimlar faoliyat yuritadi. “Exadel” bosh qarorgohi AQShning Kaliforniya shtati Valnat-Krik manzilida joylashgan.

Kompaniyada JavaScript va .NET mutaxassislari uchun ko‘plab loyihalar mavjud. “Exadel” professional rivojlanishni qo‘llab-quvvatlaydi, siz uchun munosib loyihalarni taklif qiladi va boshqa loyihaga sizning tayyorligingizni nazorat qiladi. “Exadel”da doimiy ta’lim tadbirlari o‘tkaziladi, mentorlar esa, amaliyotchilarning o‘sishi va rivojlanishiga faol yordam beradi.

Shuningdek, “Exadel”ning JavaScript va .NET community - hamkasblar o‘z tajribalari bilan bo‘lishadigan, IT sohasidagi dunyoning so‘nggi yangiliklarini muhokama qiladigan, uchrashuv va shu kabi tadbirlar tashkillashtiriladigan dasturchilarning norasmiy guruhi mavjud.

Kompaniya haqida batafsil saytdan ma’lumot olishingiz mumkin: https://exadel.com/





 

2021-06-08