IT Park rezidenti “Nihol” dan Industrial Safety, eHealth va Learning Management tizimlari!

IT Park rezidenti “Nihol-Komtex” IT yechimlarini taklif etadi: mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarish tizimi, masofaviy talim hamda elektron sog‘liqni saqlash tizimlari.
 

Har bir tizim haqida qisqacha:

1.
Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarish tizimi

Mazkur IT yechim orqali ishlab chiqarishda avtomatlashtirilgan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarish tizimini, shu jumladan mijozning tanloviga binoan quyidagi asosiy komponentlarni yaratish kozda tutilgan:

-normativ va texnologik hujjatlar bazasi - ishlab chiqarish, ekspluatatsiya, boshqaruv va moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni, shu jumladan sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni taminlash boyicha hujjatlarni boshqarish va tartibga solish sohasidagi sifat menejmenti tizimi vositasi;

- masofaviy ta’lim tizimi - o‘quv kurslarini tashkil etish va bilimlarni tekshirish, shu jumladan korxona mutaxassislarining malakasini oshirish va / yoki tasdiqlash uchun vosita;

- ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning ma’lumotlar bazasi, shu jumladan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining reyestri va tekshirishlar natijalari tarixi;

- avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish risklarini boshqarish tizimi

2.  Masofaviy ta’lim tizimi (Learning Management System)

Tizim quyidagilarni ta’minlaydi:


- ta’lim muassasalarida o
quv jarayonini avtomatlashtirish;

- oquv kurslarini yaratish;

- talabalarning bilimlarini tekshirish.

3. Elektron sogliqni saqlash (eHealth)

Tizim funksiyalari:

- davolash va diagnostika jarayoni hamda tibbiy xizmatni boshqarish tizimi;

- elektron tibbiyot kartalari;

- bemorlarni elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish va qabul qilish;

- ekspert tizim;

- tibbiyotdagi ma’lumot manbalari;

- masofaviy talim.

“Nihol-Komtex” - bu umumiy qabul qilingan me’morchilik tamoyillari, modellari va standartlariga va boshqa k‘'pgina narsalarga muvofiq korporativ axborot tizimlarini loyihalash, ishlab chiqish, yaratish va joriy etishga ixtisoslashgan IT kompaniyadir. Shuningdek, kompaniya “Nihol” kompaniyalar guruhiga kiradi.

Tizim haqida batafsil: http://nihol.uz/


 

2021-01-11