IT Park rezidenti “Novalab Tech” “This is Flutter” bepul kursini ishga tushirmoqda

Joriy yilning 12-iyun sanasida IT Park rezidentlari “Novalab Tech” dasturlashga qiziqishi bor yoshlar uchun “This is Flutter” bepul kursiga kirish darsini tashkil etmoqda.

Shu kuni katta flutter hamjamiyatini shakllantirish maqsadida boshlang‘ich va tajribali flutter-dasturchilarni bir joyga yig‘ish ko‘zda tutilgan.

“This is Flutter” kursining maqsadi mobil dasturchilar jamoasini yaratish va shakllantirish, shuningdek, ularga ushbu sohada rivojlanishlariga yordam berishdan iborat. “Novalab Tech” kompaniyasining yuqori malakali dasturchilari sizga eng ommabop UI toolkit’lardan biri bo‘lgan Flutter asoslarini mutlaqo bepul o‘rganishingizga yordam beradi.

“This is Flutter” kursiga kirish darsini malakali mutaxassis, “Novalab Tech” kompaniyasi mobil dasturchisi Abdulbosit Komilov olib boradi.

Sana: 2021-yil 12-iyun.

Vaqt: 10:30.

Manzil: Toshkent shahridagi Inha universiteti.

Tadbir o‘zbek/ingliz tilida olib boriladi.

Muhim:

Darsda ishlatish uchun sizda kompyuter/noutbuk bo‘lishi lozim.

Tadbirga ro‘yxatdan o‘tish: https://forms.gle/UwN4bnYGs1Kdi1Db9

Batafsil ma’lumot: https://t.me/thisisflutter

“Novalab Tech” haqida maʼlumot

Kompaniya dasturiy ta’minot, bulutli xizmatlar, mobil ilova va shu kabi narsalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Kompaniya sport sohasidagi loyihalarni, internet-do‘konlarni, davlat loyihalarini yaratish bo‘yicha tajribaga

2021-06-09