IT Park rezidenti “Sensorika” MCHJ dan Wi-Fi foydalanuvchilari uchun SMS identifikatsiya!

IT Park rezidenti “Sensorika” MCHJ mehmonlarni SMS roʻyxatdan oʻtkazish uchun WiFi tarmogʻini “HotSpot” dasturiga ulashni taklif qilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2018-yildagi 5326-sonli Farmoniga muvofiq, WiFi orqali internetga ulanuvchi tashkilotlar foydalanuvchilarning majburiy SMS identifikatsiyasini ulashlari kerak.

HotSpot.uz quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

- Mehmonlarni SMS orqali roʻyxatdan oʻtkazish va ular kirganidagi maʼlumotlarini saqlash;

- HotSpot.uz shaxsiy kabineti orqali WiFi tarmogʻini nazorat qilish va boshqarish;

- Yuklab olish vaqti, tezligi va hajmi cheklangan tariflarni yaratish;

- Click va PayMe orqali pullik tariflarni yaratish va internetdan foydalanishni sotish;

- Belgilangan vaqt tugagach yoki trafik sarflangandan soʻng mehmonlarni oʻchirib qoʻyish;

- Bepul tariflarni yaratish va mehmonlarga reklama qilish orqali mablagʻ topish;

- Bepul tariflarda har bir muayyan vaqtdan keyin reklamalarni koʻrsatish;

- Boshqa reklamachilarning reklamalarini qabul qilish va ularni namoyish qilish orqali pul topish va yana koʻp narsalar.

“HotSpot”ning afzalliklari:

Bepul foydalanish:

- “HotSpot” WiFi tarmoqlarini tashkil qilish va hamkorlaringizning reklama bannerlari va videolarini tomosha qilgani uchun SMS va MAC identifikatori orqali mehmonlarni ulash imkonini beradi. Siz mehmonlarga reklamangizni yoki hamkorlaringiz reklamasini koʻrsatishingiz mumkin. “Hotspot” shaxsiy kabineti orqali reklama materiallarini yuklab olishingiz, reklama sonini, sanasini va geozonini belgilashingiz, batafsil koʻrish statistikasini kuzatishingiz mumkin. Hamkorlar, shuningdek, shaxsiy kabinetga kirish va reklama materiallarini sana va geozonlar boʻyicha koʻrsatish statistikasini nazorat qilish imkoniga ega.

Pullik kirish

- Mehmonlar Click va PayMe orqali toʻlov bilan internetga kirishlari mumkin. Jarayon toʻliq avtomatlashtirilgan. Siz turli tariflarni yaratishingiz va mehmonlaringizni foydalanish vaqtida, yuklab olingan maʼlumotlar miqdori va internetga kirishi orqali har bir tarif rejasi boʻyicha yuborilgan va qabul qilingan maʼlumotlarning tushumi, hajmi, tezligi va vaqtini, har bir mehmon uchun batafsil statistikani nazorat qilishingiz mumkin.

Maʼlumotlarni saqlash

- Mehmonlarning identifikatsiya maʼlumotlari (roʻyxatdan oʻtish vaqti, telefon raqami va mehmon qurilmasining MAC manzillari) serveringizda saqlanadi.

Zonalarni ulash

- Simsiz WiFI zonalarini yarating va ularni serveringizga ulang, shaxsiy kabinet orqali tarmoqlarni boshqaring.

Maʼlumotlar xavfsizligi

- Maʼlumot almashinuvi “tutib qolinmasligi” uchun maʼlumotni ikki tomonlama shifrlaydigan “https” protokoli orqali amalga oshiriladi.

Tarmoqqa ulanish

- Sizning WiFi hududingizdagi barcha mehmonlar SMS shaklida bir martalik internetga kirish bilan SMS va Mac aydentifikatoridan oʻtadilar.

WiFi tariflari

- Mehmonlarning tarmoqqa kirish vaqti, tezligi va yuklab olingan maʼlumotlarning hajmini cheklash uchun tariflarni yarating.

Onlayn nazorat

- Qayerda boʻlishingizdan qatʼiy nazar internet orqali biznesingiz foydalanuvchilari va WiFi tarmoqlarini tahlil qilish va onlayn monitoring.

Batafsil maʼlumot uchun: http://hotspot.uz

 

2020-11-21