IT Park rezidenti ZIP24 nomli yangi startapi uchun iste’dodlarni izlamoqda

IT Park rezidenti “DataSite Technology” MChJ elektron tijorat va logistika sohasida oz startapini ishga tushirmoqda

O‘zbekistonda IT yechimlar va autsorsing bozorining yetakchilaridan biri hisoblanuvchi IT Park rezidenti “DataSite Technology” MChJ ZIP24 nomli yangi startapini joriy qildi. Startapning shtab-kvartirasi BAA, Dubay shahrida joylashgan.

ZIP24 – bu elektron tijorat sohasida logistika, yetkazmalar zanjiri va buyurtmani mijozgacha yetkazib berish bo‘yicha xizmatlar majmuini boshqarish SaaS B2B tizimi hisoblanadi. ZIP24 omborlarni avtomatlashtirish, distributsiya va yetkazib berish, korxonadagi logistika biznes jarayonlari bo‘yicha tayyor funksionalni o‘z ichiga oladi. ZIP24 tizimining afzalliklari: boshqa tizim/platformalar bilan tezkor API integratsiyasi, tizimdagi buyurtmalar soniga bog‘liq bo‘lgan mavjud tarif rejalari, mijozlarga 24/7 tizimida texnik yordam ko‘rsatish, mahsulotning kuryer va mijozlar uchun qulay UI interfeysli mobil versiyalari.

Zip24 – bu har qanday sanoat vertikal uchun, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish, chakana savdo, dorixona, mahsulotlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan yechim hisoblanadi. U Magento, Woocommerce va Shopify kabi uchinchi tomon platformalari bilan API orqali osongina integratsiya qilinishi mumkin.

“START local & GO global” tashabbusi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) va Inha universiteti mazkur startapga iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha bosh hamkorlar sifatida ishtirok etishmoqda, shuningdek, universitet devorlarida startap uchun ofis maydonlarini tashkil etishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

“DataSite Technology” MChJ loyihaning sarmoyaviy jozibadorligi hamda uning yanada rivojlanishini hisobga olgan holda ZIP24 loyihasi uchun 30 dan 70 gacha bo‘lgan vakansiyalarni (https://datasite.uz/careers) veb-saytiga joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Asif Keshodia va Muzaffar Qoraboyevlar ZIP24 yangi startapining hamta’sischlari va investorlari hisoblanadi. Souq.com asoschisi va Amazon Middle East prezidenti o‘rinbosari Ronald Mauchavar ham investor va maslahat kengashi a’zosi sifatida ular qatoriga qo‘shilishi ko‘zda tutilgan. Tadbirkorlar elektron tijorat ekotizimini yaratishda va Markaziy Osiyoda venchur kapital investitsiya bo‘yicha konsultatsiya berishda faol ishtirok etishga tayyor.



Yaqin Sharq va Afrika (MEA) davlatlaridan tashqari, Osiyo davlatlarida ham (O‘zbekiston va Pokistondagi ofislarni hisobga olgan holda) startapni ishga tushirish va targ‘ib qilish rejalashtirilgan.
ZIP24 buxgalteriya, CRM, xodimlar, loyihalar, hujjatlar va analitika modullarini o‘z ichiga olgan bulutli ERP tizimi
kpi.com bilan osonlikcha integratsiya qilinishi mumkin. Mazkur tizim “DataSite Technology” kompaniyasining noyob mahsuloti hisoblanadi va mijozlarning shaxsiy ehtiyojlaridan kelib chiqib ushbu tizimga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


Ayni damda “DataSite Technology” kompaniyasi “O‘zbekiston pochtasi” AJni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarda ishtirok etmoqda. Kelishuvlar doirasida kompaniya texnik mutaxassislari ZIP24 yechimi asosida kerakli funksionalni amaliy tatbiq etish va amalga oshirish ustida ish olib borishadi.

Kompaniya ZIP24 startapini rivojlantirish uchun o‘z oldiga katta rejalar qo‘ygan hamda barcha qiziquvchi mutaxassislarni o‘zining mashhur jamoasiga taklif qilib qoladi! Qolaversa, kompaniya biznes egalari va investorlar bilan ham hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga tayyor.

Shuningdek, IT Park bilan birgalikda mutaxassislarni ishga olish, O‘zbekistonlik loyiha va startaplarni qo‘llab-quvvatlash, venchur kapital investitsiyalarni jalb qilish va IT ekotizimini yaratish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga ochirish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, startap yaratish va o‘z innovatsion mahsulotini rivojlantirishning zamonaviy modelini ishlab chiqish to‘g‘risida yosh avlodning xabardorligi va bilimini oshirish maqsadida, ZIP24 startapi tajribasi asosida O‘zbekiston yoshlari uchun bir qator axborot-o‘quv materiallari ishlab chiqiladi.

Kompaniya haqida:
“DataSite Technology” MChJ 2005-yildan beri IT, konsalting, mobil dasturlash, autsorsing sohalari bo‘yicha O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning ofislari Toshkent shahri va Namanganda joylashgan. Kompaniyaning 800 dan ortiq mijozlari hamda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan yuzga yaqin loyihalari mavjud. Kompaniyada 100 dan ortiq malakali dasturchi va menejerlar faoliyat olib borishadi, kompaniya tomonidan
kpi.com, shipox.com, storfox.com, carguide.co.uk, financialit.net kabi loyihalar ishlab chiqilgan. THAA.co.uk, Cox Automotive Inc va shu kabi gigant kompaniyalar kompaniyaning xorijiy mijozlari hisoblanadi.


Kompaniyaning eng muvaffaqiyatli startaplaridan biri bu Wing.ae bo‘lib, u 2017-yilda Amerikaning eng yirik platformasi Amazon (Souq.com) tomonidan sotib olingan hamda Forbes versiyasi bo‘yicha Dubaydagi Top-50 startaplar ro‘yxatiga kiritilgan.
 

Murojaat qilish: https://datasite.uz/careers 

Kompaniya sayti: http://https://datasite.uz/


2021-02-28