Joriy yilning 7-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida»gi qarori qabul qilindi.
Kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, IT Park rezidentlari AKT sohasiga yo‘naltirilgan ingliz tilini (IT English) o‘qitish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, faoliyatni amalga oshirishda bitta shart mavjud - ushbu rezidentlarning soha faoliyatidan olayotgan daromadi kompaniyaning umumiy yillik daromadining 40 foizidan oshmasligi kerak.
Yangi qaror yoshlarning AKT sohasida ingliz tili va sohadagi lug‘aviy bilimlarini rivojlantirishga yordam berishi kutilmoqda. Buning natijasida esa, yuqori til ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mahalliy IT-kompaniya xodimlari xalqaro bozorda raqobatbardoshligini oshirishi va ko‘proq mijozlarni jalb qilishi, mamlakatda IT-xizmatlar eksportini rivojlantirishga ko‘maklashishi kutilmoqda.
2023-06-08