IT Park rezidenti hisoblanuvchi “Raqamli dunyo” kompaniyasi asoschilari O‘zbekiston Respublikasida ish bilan ta’minlash va yollash masalalari yechimi sifatida “MardEx” dasturini yaratishdi.
“MardEx” - bu, ish beruvchilar o‘z talablari va ish sharoitlarini joylagan holda kopmaniyalari uchun munosib mutaxassislarini, va o'z navbatida, mutaxassislar ish beruvchilarni topadigan mobil ilova va onlayn-maydon.
Bugungi kunda barcha korxona va tashkilotlar zarur vazifalarni onlayn shaklda amalga oshirmoqda, bu esa, xodimlarni tanlash bilan bog‘liq jarayonlar ham bosqichma-bosqich raqamli shaklga o‘tishidan darak beradi. “MardEx Go” va “MardEx Pro” ikkisi ham “MarxEd” mobil ilovalarini ishlatishda qulay hamda ish beruvchilar va ularning potentsial mutaxassislariga real vaqt rejimida o‘zaro aloqada bo‘lish, bir-birlarining talablari va imkoniyatlarini onlayn formatda diqqat bilan o‘rganish imkonini beradi.
“MardEx Go”, asosan, platforma mijozlari sifatidagi ish beruvchilarga mo‘ljallangan. Arizaning funktsional imkoniyatlari sodda: mijoz o‘z ehtiyojlarini tavsiflaydi va e’lonni yaratadi, dastur esa talab qilinayotgan ist o‘rniga munosib nomzodlarni izlaydi.
“MardEx Pro” “MardEx Go” kabi ishlaydi, farqi esa, u mutaxassislar uchun yaratilgan. Foydalanuvchi mutaxassislik, oylik maosh va kasbiy sifatlar ko‘rsatilgan ariza-so‘rovnomani to‘ldiradi. “Ishsiz” statusini qabul qilgach, mutaxassis respublika va shahar bo‘ylab turli kompaniyalardan o‘ziga munosib vakansiyalarni qabul qila boshlaydi.
“MardEx” ilovasining asosiy afzalliklari:
- Zamonaviy va qulay interfeys
Ish beruvchilar va ularning potentsial xodimlari bir-birlaridan uzoq masofada o‘zaro aloqada bo'lish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
- Nomzodlarni avtomatik tanlash
Potentsial ish beruvchilar va xodimlarni avtomatik tanlash smart tizimi vaqtni sezilarli darajada tejashga imkon beradi.
- Soddalashtirilgan ish bilan ta’minlanish va yollash jarayoni
MardEx ish bilan ta’minlash va xodimlarni qidirish jarayonini keskin soddalashtiradi, foydalanuvchilarni jonli intervyu va hujjatbozlik ko‘rinishidagi keraksiz rasmiyatchiliklardan qutqaradi.
“Raqamli Dunyo” haqida
“Raqamli dunyo” kompaniyasining asosiy yo‘nalishi umumiy va tor doiradagi mutaxassisliklar uchun dasturiy ta’minotlar ishlab chiqishdan iborat. Kompaniya biznes faoliyatlari uchun mobil ilova ko‘rinishda innovatsion yechimlarni taqdim etadi.
Batafsil ma’lumot: http://mardex.uz
2021-06-17