IT Park rezidentlari Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasida masofaviy ta’lim tizimini joriy qildi

IT Park rezidentlari va mahalliy “Nihol-Komtex” IT kompaniyasi asoschilari malaka oshirish kurslaridan o‘tish bo‘yicha dunyoga mashhur Moodle platformasi asosida “Uzbekistan Airways” AJ xodimlari uchun masofaviy ta’limni joriy qilish bo‘yicha innovatsion loyihani muvaffaqiyatli ishga tushirdi. Mazkur platforma dunyoning 100 dan ortiq tillariga tarjima qilingan hamda testni o‘z ichiga olgan onlayn kurslarni boshqarish tizimi hisoblanadi.

So‘nggi bir necha yil mobaynida masofaviy ta’lim dasturlariga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada oshdi, COVID-19 koronavirus infeksiyasining tez tarqalishi tufayli global vaziyatning yomonlashganligi uchun masofaviy ta’lim nafaqat talabalarning, balki turli kompaniyalarning, shu jumladan, “Uzbekistan Airways” AJ xodimlari hayotining ajralmas qismiga aylandi.

IT Park rezidentlari hisoblanuvchiNihol-Komtexkompaniyasi asoschilari Uzbekistan Airways aviakompaniyasi xodimlariga ishdan bosh vaqtlarida kerakli konikmalarni egallashlariga imkon beradigan masofaviy talim va malakasini oshirish boyicha imkoniyatlarni taqdim etadigan yangi loyihani ishlab chiqdi. Loyiha dunyoning 100 tilida turli mutaxassisliklar boyicha koplab dasturlarni oz ichiga olgan Moodle onlayn platformasi asosida ishlab chiqilgan. Ushbu platformani ishlatish juda oson. Platforma sizga matnli, grafik va video malumotlarga ega, topshiriqlar va testlarni bajarish uchun aniq muddat bilan kurslarga qatnashish imkonini beradi.

Uzbekistan Airways xodimlari turli xil darajadagi kurslarda tinglovchi va o‘qituvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Tinglovchilar elektron materiallar, onlayn forumlar va virtual ma’ruzalarda ishtirok etishlari hamda oz progresslarini diqqat bilan kuzatib borishi mumkin. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, xodimlarga instruktor tomonidan imzolangan, muhr bosilgan va rasmiy rasmiy sanasi berilgan elektron sertifikat beriladi.

Ushbu ishlanma, ayniqsa, klassik auditoriya ma’ruzalariga muhtoj emaslar uchun yaxshi. Xodimlar endi bo‘sh vaqtlarining ko‘p qismini malaka oshirish kurslariga sarflamaydi, sababi Internetda shaxsiy kompyuter, smartfon yoki planshet orqali onlayn dasturlarni bajarish ancha oson va qulayroq. “Nihol-Komtex” bundan buyon o‘zbek aviakompaniyalari xodimlarining professional darajasini xalqaro standartlarga muvofiq muntazam ravishda oshirib borishda yordam beradi. Bu esa, oz navbatida, zamonaviy dunyoda axborot texnologiyalari cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

“Nihol-Komtex” - bu O‘zbekiston Respublikasi hududidagi kompaniyalar uchun axborot tizimlarini loyihalash va yaratish, kompyuter va tarmoq uskunalarini tayyorlash, dasturiy ta’minot va servis va tarmoq xizmatlari bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar guruhi. Ular 1997-yildan buyon murakkab IT loyihalarni amalga oshirishda katta tajribaga ega. Masofaviy ta’lim tizimi bilan bir qatorda Nihol-Komtex sanoat xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini yaratish, shuningdek, eHealth loyihalari ustida ishlamoqda.

2021-06-17