“NamanganTechSummit” doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Namangan shahar hokimi G‘ofir Jamalov va resident hamda frilanserlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda IT-Park rezidentlari uchun imkoniyatlar, IT bo‘yicha davlat tomonidan berilayotgan ta’lim kreditlari, bilgi.uz plaformasi, IT-sohada talab yuqori bo‘lgan kasblarni egallash jarayoni bo‘yicha yoshlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlari, ta’lim olish uchun to‘lovlarni amalga oshirish borasida qulay sharoitlar yaratish haqida ma’lumotlar berildi.
Shuning bir misolida IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan IT ta’lim markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun 35 million so‘mgacha subsidiya ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish va uni amalga oshirishning samarali mexanizmlari ishlab chiqilgani ta’kidlandi.
Uchrashuv so‘ngida IT Park rezidentlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
2023-05-23