IT Park rezidentlari yangi “DIS-COUNT” xizmatini ishlab chiqdi!

DIS-COUNT

"Digital Intellekt Solutions" MCHJ IT Park rezidentlari "DIS-COUNT" loyihasini ishlab chiqdi – bu biznes va uning mijozlari o'rtasida sodiqlik munosabatlarini o‘rnatishga xizmat qiladi.

Ushbu xizmat ikki komponentdan iborat:

- Oxirgi foydalanuvchi uchun - bu mobil ilova bo‘lib, u orqali mijoz hamkor kompaniyalarda kafolatli chegirma, ball yoki keshbek oladi, shuningdek kompaniyaning barcha maxsus takliflari haqida bilib oladi, dastur orqali xizmatlar uchun to‘lovlarni va kartadan kartaga pul o‘tkazmalarini amalga oshiradi;

- Biznes (hamkorlar) uchun - mijozlar, marketing aksiyalari, xodimlar haqida analitik hisobotlarni olish va mijozlar uchun sodiqlik dasturini sozlash orqali kompaniyalarning biznes holatini mustaqil ravishda baholashga imkon beruvchi marketing IT yechimi. Ushbu mahsulot biznesga mijozlar bilan muloqot sifatini yaxshilash uchun qaror qabul qilish imkonini beradi.

Nega DIS-COUNT biznes uchun foydali?

Xizmat yordamida hamkor yordam beruvchi quyidagi to‘liq tahliliy hisobotlarni oladi:

- shaxsiylashish va xarid qilish imtiyozlari orqali mijozlarning o‘zaro hamkorligini yaxshilash;

- Loyal dasturlar orqali yangi mijozlar %ini oshirish;

- muntazam mijozlarni aniqlash va saqlash;

- marketing operatsion xarajatlarini kamaytirish;

- Dis-COUNT tomonidan taqdim etilgan onlayn savdo maydonchasi orqali biznesni onlayn ko‘rinishda o‘tkazish;

Nima sababdan DIS-COUNT foydalanuvchi uchun foydali?

Mobil ilovalar bilan mijoz bir qator afzalliklarga ega:

- dastur hamkorlaridan ballar, chegirmalar yoki keshbek olish orqali mablag‘larni tejash;

- kompaniyalarning maxsus takliflarini sotib olish;

- sevimli muassasalarning aksiyalari haqida xabarnoma;

- to‘lov xizmati.

“Digital Intellekt Solutions” MCHJ 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Vades Group” MCHJ kompaniyalar guruhiga kiradi. 2020-ning iyul oyidan boshlab IT Parkning rezidenti hisoblanadi.

Kompaniyaning asosiy faoliyati fuqarolarning hayotini soddalashtirish, biznes samaradorligini oshirish va zamonaviy IT mahsulotlarini yaratish orqali B2C, B2B va B2G tarmoqlari uchun dolzarb muammolarni hal qilish uchun innovatsion IT yechimlarni ishlab chiqishdan iborat.

“Digital Intellekt Solutions” MCHJ bilan bog‘lanish uchun:

+998901150091 (Natalya)

 

2020-09-23