Bugungi kunda, 492 ta yuridik shaxslar IT Park rezidentlari hisoblanib, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, ma’lumotlarni qayta ishlash, biznes-jarayonlarni avtomatizatsiya qilish, IT ta’lim va axborot texnologiyalarini eksport xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
2021 yil III chorak holatiga ko‘ra:
407 ta rezidentlar Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda, qolganlari esa viloyatlar bo‘yicha joylashgan;
72 ta kompaniya 2021 yilda yangi tashkil topgan;
52 ta kompaniya IT sohasida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishadi;
18 ta kompaniya xorijiy kapital ishtirokidagi qo‘shma korxonalar.
Hisobot davrida, jami bajarilgan xizmatlar hajmi 1,5 trln.so‘mni tashkil etdi, eksport hajmi esa 28,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Shuningdek, eksportning 76% AQSH bozorlariga, qolganlari esa Buyuk Britaniya, Estoniya, MDH va BAA davlatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Joriy yilning yakuniga kelib eksport hajmi 40,0 mln AQSH dollarini tashkil etilishi kutilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, eksport hajmining asosiy qismini BPO (62%), qolganlari esa dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish (28%), texnik qo‘llab-quvvatlash (3%) va ma’lumotlarni qayta ishlash (2%) xizmatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Taqdim qilingan imtiyozlar natijasida, IT Park rezidentlari tomonidan ish o‘rinlari yaratilib xodimlarning soni oshishiga imkon yaratmoqda va bugungi kunda jami bo‘lib 8 400 nafar xodim rezidentlarda faoliyat yuritmoqda.
2021-12-03