IT Park saytda yangi IT-taʼlim boʻlimini yaratdi!

Biz ulkan quvonch bilan shuni maʼlum qilamizki, bizning it-park.uz saytimizda IT-taʼlimga bagʻishlangan yangi boʻlim tashkil etildi.

Mazkur boʻlimda siz dasturlashdan tortib bolalar uchun robototexnikagacha boʻlgan barcha kurslarni topishingiz mumkin. Kurs roʻyxati, ular taʼrifi, narx va boshqa barcha zarur maʼlumotlar taqdim etilgan. Endi siz kurslar bilan tanishib, roʻyxatdan oʻta olasiz.

Kurslar IT Park rezidentlari, IT-Markazlar va IT-Akademiya tomonidan taqdim etiladi. Boʻlimdagi barcha darslar roʻyxati bilan havola orqali koʻrishingiz mumkin: https://education.it-park.uz/

Toki IT-Akademiya, IT-Markazlar va IT Park bor ekan, dasturlash borasida taʼlimni boshqa joydan izlashingizga hojat yoʻq. Turli kurslarning keng tanlovi va asosiysi, ularning shundoq koʻz oldingizda namoyonligi tanlash imkoniyatingizni osonlashtiradi. Qaysi oʻquv kursini tanlamang, adashmaysiz. Istalgan kursdan roʻyxatdan oʻting va professionallardan taʼlim oling!

IT-taʼlim boʻlimi uchun havola: https://education.it-park.uz/

Izoh: tez orada ushbu boʻlim oʻzbek va ingliz tillarida ham taqdim etiladi.

 

2020-08-21