IT Park Sirdaryo filiali tomonidan yoshlar uchun “Meetup” tashkil etildi

IT Park Sirdaryo filiali Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining viloyat hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda mamlakatimizning yetakchi IT-kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida yoshlar uchun “meetup” tashkil etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – yoshlarga o‘z IT-biznesini yo‘lga qo‘yishda yo’nalish berish hamda sohada o’z o’rnini topishga ko‘maklashish.

Tadbirda axborot texnologiyalari sohasida ko‘p yillik tajribaga ega ma’ruzachilar, Project Managers kompaniyasi rahbari, UIC Group rahbari va xodimlari, IT-tadbirkorlar hamda 200 ga yaqin tinglovchi ishtirok etdi.

AKT sohasidagi eng dolzarb mavzular uchrashuv e’tibor markazida bo’ldi. Xususan:
 • loyiha menejeri hayotidan bir kun;
 • dasturchining hayotidan haqiqatlar;
 • sifatli loyiha nima?;
 • dizayner va dasturchi bir-birining  faoliyatidan boxabar bo’lishi uchun nimalar zarur?

Ma’ruzachilar ta’kidlaganidek, bugungi axborot asrida bu kabi tadbirlar mamlakatimizda axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirishda muhim o’rin tutadi.  

Bunday uchrashuvlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar uchun ham, endigina kasbga qadam qo’yayotgan yosh dasturchilar uchun ham birdek zarur.

2022-06-29