IT Park Sirdaryo viloyati yoshlari uchun “Hack4Region” xakatonini ishga tushirmoqda

Joriy yilning 22–23-iyun kunlari Sirdaryo viloyatida startapga qiziquvchilar uchun “Hack4Region” xakatoni bo‘lib o‘tadi.

Xakaton startap ekotizimini qo‘llab-quvvatlash hamda uni yangi g‘oyalar, odamlar va jamoalar bilan to‘ldirish maqsadida tashkil etilmoqda. Xakaton tashkilotchilari Gulistondagi IT Park filiali, viloyat hokimligi va quyidagi mahalliy OTMlar hisoblanadi.

1) Guliston davlat universiteti;

2) Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali.

Ishtirokchilarning vazifalari:

Xakaton ishtirokchilariga jamiyatimizdagi muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan mahsulotni ishlab chiqish, shuningdek, uni hakamlar hay’ati va jamoatga taqdim etish uchun 2 kun vaqt beriladi.

Maxsus taklif qilingan ekspertlar va mentorlar ishtirokchilarga 2 kun davomida loyiha prototipini amalga oshirishning eng samarali va tezkor usulini ko‘rsatib, amaliy yordam ko‘rsatishadi.

Xakaton yakunida, uchta eng yaxshi startap qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Muhim:

Bir jamoada maksimum 3 ta kishi bo‘lishi lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish 2021-yilning 21-iyun sanasiga qadar davom etadi va soat 23:00 da tugaydi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://clck.ru/VPmcs

O‘tkazilish joyi: Gulistondagi IT Park filiali: https://clck.ru/VPn82

Sana: 2021-yil 22–23-iyun.

2021-06-09