2021-yil 18-19-dekabr kunlari Toshkent shahar Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida Yoshlar masalalari agentligi boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi IT Park va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida yakuniy bosqich bo‘lib o‘tdi. “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” doirasida “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” tanlovi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” - respublika tanlovi, uning maqsadi esa iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning tashabbus va intilishlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Tanlov doirasida ishtirokchilar mamlakatimiz iqtisodiyoti, ta’lim, sport, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarni rivojlantirish bo‘yicha g‘oya taklif qilishlari kerak edilar.
Tanlovda jami 24740 ta ishtirokchi qatnashib, ulardan 245 nafari final bosqichiga yo‘l oldi.
“O‘zbekistonning eng ilg‘or TOP 100 yoshlari”ga kiritilgan g‘oliblardan biri “AVTOTEKSH” loyihasi bilan IT Park’da akseleratsiya dasturidan o‘tgan Jumayev Azizjon Ulug‘jon o‘g‘li bo‘ldi.
Azizjon Jumayev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talabasi bo‘lib, ikkinchi yildirki, o‘zining tanlovda taqdim etgan “AVTOTEKSH” loyihasi ustida ishlamoqda.
“Tanlovda ishtirok etish juda qiziqarli bo‘lib, ikkinchi yildan beri ishlab kelayotgan o‘z loyihamiz bilan bunday keng ko‘lamli tadbirda qatnashib qimmatli tajriba orttirdik. Loyihadagi har bir tizim va funksiya o‘z qo‘llarim bilan qo‘shildi va yakunlandi, shuning uchun loyiha men uchun juda muhim. Tanlovda qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritganimdan so‘ng, kelajakda boshqa loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida loyihamni yaxshilashni va takomillashtirishni maqsad qilganman”, — dedi Azizjon.
“AVTOTEKSH” loyihasi taklif etilayotgan avtomobillar bozorini onlayn ko‘rish imkoniyatini beradi: avtomashinani onlayn tekshirish va maʼlum bir avtomobil tarixini bilish va hokazo.
Loyiha quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi: yo‘l-transport hodisasi haqidagi guvohnomalar va fotosuratlar; jarimalar; hibsda yoki garovda bo‘lish; savdo tarixi; avtomobillarning fotosuratlari; texnik tekshiruvlar.
2021-12-19