Sizga ushbu maqolada aytib bermoqchi bo‘lgan startapimiz “sportspot” deb nomlanadi - bu jamiyat rivojiga o‘z hissalarini qo‘shishga va o‘zlarini startaplar dunyosida sinab ko‘rishga qaror qilgan toshkentlik faol yigitlar tomonidan asos solingan prespektiv loyihadir.
“sportspot” loyihasi - bu shaxmatdan to tog‘ turizmigacha bo‘lgan har xil sport turlarini o‘zida mujassamlashtirgan dasturdir. Startap asoschilaridan biri - G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti filiali bitiruvchisi - 23 yoshli Shahzod Narzullaevdir. Aytgancha, u o‘z jamoasini aynan shu yerda yig‘di, va hozirda loyihani amalga oshirmoqda.
“Biz sportni yanada ommalashishini istaymiz, ehtimol odamlarda motivatsiya paydo bo‘ladi va ular nimani xohlashlarini va xohlamasliklarini tushunishadi”, - dedi Shahzod.
Jamoa va loyihaning kelib chiqishi haqida
“Biz ajoyib jamoani yig‘ishga muvaffaq bo‘ldik! Universitetda o‘qiyotganimda menda ushbu loyihani yaratish fikri paydo bo‘ldi va kursdoshim bilan birga loyiha kontseptsiyasini ishlab chiqa boshladik. Biroz vaqt o‘tgach, shunday bo‘ldiki, bizga o‘xshab o‘ziga tegishli biror narsa ustida ishlashni xohlagan yana ikki kishini topdik, yaxshiyamki, ikkalasi ham dasturchi edi. Yana biroz vaqt o‘tgach, biz yuridik va buxgalteriya masalalari bilan shug‘ullanadigan jamoamizning beshinchi a‘zosini topdik”, - deydi loyiha asoschilaridan biri Shahzod Narzullaev.
2020-yilda Shahzod IT Park’da stajyor bo‘lib ishlagan va dastlab startaplar haqida hech narsa bilmagan. Uning birinchi katta vazifasi o‘zi o‘qiyotgan Toshkentdagi G.V. Plexanov nomidagi RIU filialida inkubatsiya markazini ochish bo'ldi.
“Menda startaplarning ishini bilish va tushunish uchun nazariyalar yetishmasdi va men o‘zimning loyihamni yaratishga harakat qilishim kerak deb qaror qildim”, - ta’kidladi Shahzod.
Aytgancha, loyiha asoschisi o‘z jamoasi bilan birgalikda IT Park’da inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini ham tamomladilar. Ular o‘z universitetlarining inkubatsiya markazida inkubatsiya dasturidan o‘tdilar. Akseleratsiyani ular bevosita IT Park’ning o‘zida o‘tishdi.
“IT Park bizga missiya tushunchasini berdi, bu biz hal qilmoqchi bo‘lgan muammoga yondashishni osonlashtirdi. Dasturlarda juda ko‘p netvorking bo‘ldi. Hamma o‘z loyihasini takomillashtirishga harakat qilayotgan muhitga tushib qolsangiz, siz avtomatik ravishda yanada samarali ishlay boshlaysiz va hamma narsaga mantiqiy yondashishga harakat qilasiz. Bizga yetarli bilimlar bazasini bergan ko‘plab spikerlar va mentorlar bor edi - ular o‘z ishlarining haqiqiy ustalaridir. Ular orasida Akmal Payziev, Igor Kim, Usmon Rahimjonov, Ulug‘bek Xojiaxmedov, Akmal Solihov, Farxod Komilov, Minaz Sarkisyan, Ilya Sadovskiy va boshqalar”, - qayd etdi “sportspot” asoschilaridan biri.
Sport infratuzilmasini raqamlashtirish - aholi o‘rtasida sportni rivojlantirish va ommalashtirishning bir qismidir
Shahzod so‘nggi ikki yil ichida O‘zbekistonda havaskor va professional sport yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
“Buni ko‘plab sport to‘garaklarining yuklamasi oshib ketayotganidan tez-tez ochilayotgan zamonaviy sport majmualaridan bilish mumkin. Shahar bo‘ylab yugurish va velosiped yo‘llari, sport maydonchalari qurilishi davom etmoqda. Erta tongda yugurib, velosipedda yoki piyoda yurgan odamlar ko‘payib borayotganini ko‘rish yoqimli. Biz sport sohasida juda ko‘p infratuzilma ishlari olib borilmoqda, degan xulosaga keldik, lekin agar bu infratuzilma raqamlashtirilsa, umuman odamlarning sportga bo‘lgan qiziqishining keskin oshganini sezish mumkin bo‘ladi”, - deb qo‘shib qo‘ydi.
Muammolar va qiyinchiliklar
“Qiyinchiliklar har doim bo‘lgan va bo‘ladi. Qaysidir bosqichda, biz iqtisodiy birlikni hisoblashimiz, yuridik muammolarni o‘zimiz hal qilishimiz qiyin bo‘lib qoldi, chunki har doim xato qilishdan qo‘rqasiz. Ayrim g‘oyalarni moliyalashtirish va amalga oshirish bilan bog‘liq muammolar bor edi. Iloji boricha biz bu qiyinchiliklarni chetlab o‘tishga va qiyinchiliklarni birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan hal qilishga harakat qilamiz”, - bo‘lishishdi Shahzod.
Startapni rivojlantirish bo‘yicha keyingi rejalar
Jamoa sport turiga qaramay, jamoaviy mashg‘ulotlarga e‘tibor qaratishni rejalashtirmoqda, odamlar juftlik yoki guruh bo‘lib mashq qilishlari qulay bo‘lishi uchun. Shahzodning fikricha, odamlar bir-birini rag‘batlantiradi va shunga ko‘ra, o‘zi sezmagan holda bir-birining samaradorligini oshiradi. Shahzodning boshqa loyihalari ham mavjud, ammo ular axborot texnologiyalari sohasiga ta’luqli emas.
Boshlang‘ich startapchilar uchun yakuniy maqsad va maslahatlar
Loyihaning va umuman jamoaning maqsadi - sport to‘garaklarini qidirish va bron qilish jarayonlarini iloji boricha soddalashtirish, foydalanuvchilarning vaqtini tejash va sport, hatto havaskor bo‘lasa ham, ularning asosiy hayot tarziga aylanishiga ishonch hosil qilish.
Yangi boshlaganlar uchun maslahat: “Zirapchaga o‘xshash muammoning yechimini topishga harakat qiling va uni startapga aylantiring. Sizning g‘oyangiz o‘rinsiz degan odamlarga quloq solmang va agar shunday bo‘lsa ham, buni birinchi o‘zingiz tekshirib ko‘ring. Axir, loyihaning dolzarbligini bir kishi emas, bozor hal qiladi”, - deb maslahat berdi Shahzod Narzullaev.
Risklar o‘zini oqlaydi: g‘oyadan tortib AppStore va PlayMarketdagi to‘liq mahsulotgacha
Tajribasiz, lekin katta ambitsiyalarga ega oddiy bolalar mahalliy bozorda “otilib chiqish” uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘lgan g‘oyani amalga oshira oldilar. Bu shuni anglatadiki, qachonduram startapni boshlash haqida o‘ylagan har bir kishi hech bo‘lmaganda tavakkal qilib, urinib ko‘rishi kerak. Siz hech narsani yo‘qotmaysiz, aksincha, siz tajriba, netvorking va foydali bilimlarga ega bo‘lasiz. Bugungi kunda “sportspot” loyihasi PlayMarket va AppStore kabi saytlarda allaqachon mavjud. Bu, albatta, yakuniy natija emas, balki yigitlar yaqin kelajakda amalga oshirishlari kerak bo'lgan maqsadlarning kichik bir qismidir.
“Hammasi oddiy g‘oyadan boshlandi, lekin bugun AppStore’da, shuningdek PlayMarket’da ilovamiz bor. Biz turli sport majmualari, to’garaklari va maydonchalari bilan faol muzokaralar olib bormoqdamiz. Bizning o‘z yo‘l xaritamiz bor va biz unda asta-sekin bo’lsa ham to‘g‘ri yo‘nalishda harakat qilayotganimizga ishonamiz. Biz loyihani oxirigacha yetkazishga va jamoatchilikka ko‘rsatishga qat’iy qaror qildik”, - ded aytib berdi “sportspot” loyihasi asoschilaridan biri Shahzod Narzullaev.
2021-09-27